R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Schotlar rejasining ta’rifi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

6.5. Schotlar rejasining ta’rifi 
 
Schotlar rejasi xos raqam (kod) belgilaridan foydalangan holda 
nazoratni amalga oshirish va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida 
korxona mulklari va kapitalining joriy buxgalteriya hisobida aks ettirish 
uchun ishlatiladigan, ilmiy asosda guruhlangan va bir tizimga solingan 
schotlar ro‘yxatidir. Schotlar rejasining tuzilishi schotlarni iqtisodiy 
mazmuniga ko‘ra turkumlashga asoslanadi (
6.3-rasmga qarang
). 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi xo‘jalik yurituvchi subyekt-
lar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida axborotlarni shakllantirish 
jarayonlariga yangicha talablar qo‘ymoqda. Buxgalteriya hisobi natija-
viy axborotlarining foydaliligini ta’minlash muammolari mutaxas-
sislarning diqqat markazida turibdi. Bu manfaatdor axborotdan 
foydalanuvchilar nuqtayi nazaridan xo‘jalik yurituvchi subyekt 
moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi va 
obyektivligida ifodalanadi. Biroq yangi vazifalarni hal etish uchun 
axborotlarni to‘plash va bir tizimga keltirish tartibini maqbullashtirish, 
ya’ni xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schotlarida aks 
ettirishni takomillashtirish talab qilinadi.
Schotlar rejasini qayta ko‘rib chiqish zarurati quyidagi asosiy 
omillar bilan bog‘liq: 

iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror toptirish; 

buxgalteriya hisobining uslublarini rivojlantirish; 

buxgalteriya hisobi qoidalarini xalqaro tan olingan buxgalteriya 
amaliyoti bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash. 
Eski schotlar rejasida moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini hisobga 
olish tartibi mulkdorlar, aksiyadorlar va boshqa investorlar uchun zarur 
bo‘ladigan, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun 
kerakli ma’lumotlarni tizimli tarzda shakllantirishni ta’minlamaydi. 
Xususan, eski schotlar rejasidagi foyda va zararlar schotining qoldig‘i na 
hisobot yilining sof foydasini, na taqsimlanmagan foydani bildiradi. 
Taqsimlanadigan haqiqiy sof foyda summasi to‘g‘risida aksiyadorlar va 


167 
investorlarning talablarini qondirish uchun ko‘plab tuzatish yozuvlari 
qilinar edi.
Yangi schotlar rejasini qabul qilish va amaliyotda qo‘llash 
mamlakatimizda buxgalteriya hisobini xalqaro tan olingan hisob 
amaliyoti bilan yaqinlashtirish bo‘yicha faol va aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish alohida dolzarb hisoblanadi.

Hukumat 
tomonidan 


O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tkazish to‘g‘risidagi 
qaror qabul qilinishi moliyaviy axborotlarni shakllantirish jarayonlarini 
sezilarli darajada o‘zgartirish zaruratini belgilab berdi. Buning natijasida 
milliy buxgalteriya hisobi tizimi moliyaviy hisobot xalqaro standartlari 
bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish uchun yaroqli ma’lumotlarni 
tayyorlash, eng kamida ushbu standartlar asosida olingan ma’lumotlar 
bilan taqqoslashni ta’minlaydi.
Schotlar rejasini qayta ko‘rib chiqishga asosiy yondashuvlar eski 
schotlar rejasini va yangi schotlar rejasining loyihasini chuqur tahlil 
qilish natijasida shakllandi. Shuningdek, yangi schotlar rejasi amaliyotga 
bosqichma-bosqich tatbiq qilindi. Yangi schotlar rejasini tuzilish 
negizida quyidagi yondashuvlar yotadi: 

buxgalteriya hisobida shakllanadigan moliyaviy axborotlar 
mazmunining schotlar rejasi tuzilmasiga bog‘liq emasligi; 

xo‘jalik faktlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantirish va bir 
tizimga solish jarayonining soliqqa tortish maqsadlari uchun ma’lumot-
larni shakllantirishdan nisbatan mustaqilligi; 

hisob jarayonining buxgalteriya hisobotlarining qandaydir 
ma’lum turidan nisbatan mustaqilligi; 

buxgalteriya hisobining umumuslubiy tamoyillariga rioya qilgan 
holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishchi schotlari rejasini mustaqil 
tuzishlarini ta’minlash; 

yangi schotlar rejasi bilan ishlashning amaliy jihatdan qulayligi; 

schotlar rejasi tuzilishidagi qulaylik. 
Schotlar rejasida schotlarning nomlari va xos raqamlari berilgan. 
Schotlarning xos raqamlari to‘rt xonali, balansdan tashqari schotlarniki 
esa uch xonali.
Schotlarga xos raqam berilishi (kodlashtirilishi) dastlabki 
hujjatlarga ishlov berishni tezlashtiradi. Hujjatlarga belgi qo‘yishda 
ularga debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlarning nomlari o‘rniga 
korrespondensiyalanuvchi schotlarning xos raqamlari ko‘rsatiladi.


168 
Analitik schotlar schotlar rejasiga kiritilmagan. Chunki bu uni 
foydalanuvchi uchun qo‘pol va noqulay shaklga keltiradi. Schotlar 
rejasiga uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ilova qilingan. Unda 
schotlarning iqtisodiy tavsifi va ularning o‘zaro korrespondensiyalanishi 
berilgan. Schotlar rejasining yo‘riqnomasida keltirilgan schotlarning 
namunaviy korrespondensiyalanishi schotlar korrespondensiyalani-
shining barcha variantlarini to‘liq qamrab olmaydi. Xo‘jalik faktlari 
bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda namunaviy schotlar 
korrespondensiyasida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, korxonaning o‘zi ularni 
to‘ldirishi mumkin. Bunda buxgalteriya hisobini yuritishning qoidalari 
va asosiy uslubiy tamoyillariga rioya qilinishi lozim. Schotlar rejasidagi 
barcha schotlar oltita qism va to‘qqiz bo‘limga guruhlangan (
1-ilovaga 
qarang
).
Buxgalteriya hisobining namunaviy schotlar rejasiga muvofiq har 
bir xo‘jalik yurituvchi subyekt faqat mazkur subyektda qo‘llaniladigan 
schotlardan iborat 
ishchi schotlar rejasi
ni ishlab chiqadi. Ishchi schotlar 
rejasi korxona hisob siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Zarur hollarda namunaviy schotlar rejasiga, schotlarning bo‘sh 
turgan xos raqam belgilaridan foydalanib, O‘zR Moliya vazirligi bilan 
kelishilgan holda qo‘shimcha schotlar kiritish mumkin.
Yagona schotlar rejasi buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish va 
yo‘lga qo‘yish uchun ulkan ahamiyatga ega. U buxgalteriya hisobining 
bir xilligini ta’minlaydi, uni tartibga solish va soddalashtirishga yordam 
beradi.
Schotlar rejasidan foydalanish amaliyotda buxgalter ishini ancha 
tezlashtiradi. Chunki schotlarning nomlari o‘rniga faqat ularning xos 
raqamlari va ular asosida tuziladigan buxgalteriya provodkalari 
ko‘rsatiladi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin