195
ko‘rsatadi. Dastlabki hisob hisob jarayonining boshlang‘ich bosqichi
bo‘lib, unda xo‘jalik muomalalarining ma’lumotlari o‘lchanadi va
hujjatlarda qayd qilinadi
Hisob
ishlarining
keyinchalik
avtomatlashtirilishi,
kishilik
jamiyatiga yangi bilim obyektlarining kirib kelishi qog‘oz hujjatlar bilan
bir qatorda odamlar tomonidan qabul qilinishi qulay bo‘lgan qog‘ozsiz
hujjatlarni ham vujudga keltirmoqda.
Shunday qilib, dastlabki kuzatish buxgalteriya hisobi axborot
tizimining asosi bo‘lib xizmat qiladi. U buxgalteriya
hisobini tashkil
etishning boshlanishida mavjud bo‘lib, dastlabki hujjatning muhim
qismi hisoblanadi.
Turli tashkiliy huquqiy shakldagi xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning paydo bo‘lishi va tadbirkorlikning rivojlanishi dastlabki
hisobning qo‘llanilish sohasini kengaytiradi. Ayni vaqtda xo‘jalik
muomalalarini
ro‘yxatga
olish
jarayonida
avtomatlashtirishning
rivojlanishi dastlabki hisobni ma’lum darajada cheklab qo‘yadi.
Lekin
bunday cheklash xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish va iqtisodiy
axborotlarni tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu
cheklashlar quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: