R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

qo‘shimcha rekvizitlar
kiritilishi mum-
kin. Bular: mazkur xo‘jalik muomalasida ishtirok etayotgan korxona 
(tashkilot, muassasa, bank, xaridor) nomi va manzili xo‘jalik muoma-
lasining amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi hujjat va sh.o‘.
Amal qilish muddatiga ko‘ra rekvizitlar quyidagilarga bo‘linadi: 

 
doimiy rekvizitlar; 

 
shartli doimiy rekvizitlar; 

 
o‘zgaruvchan rekvizitlar. 
Doimiy rekvizitlarga muayyan korxona doirasida uzoq vaqt 
davomida o‘zgarmaydigan rekvizitlar kiradi. Doimiy rekvizitlar matbaa 
usulida bosilgan bo‘ladi. Ularga asosan quyidagilar kiradi: 

 
korxonaning nomi va manzili; 

 
hisob-kitob schoti; 

 
xodimlarning tabel raqamlari va b. 
O‘zgaruvchan rekvizitlarga xo‘jalik muomalalarining vaqtinchalik 
miqdor va sifat mazmunini begilaydigan rekvizitlar kiradi. Bularga 
quyidagilarni kiritish mumkin:

 
xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lgan vaqti; 

 
ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar miqdori; 

 
xodimlarga hisoblangan ish haqi summasi va b. 
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga 
ishlov berish uchun dastlabki hujjatlarning rekvizitlari xos raqamlar 
bilan belgilangan (kodlashtirilgan) bo‘lishi mumkin. 
Dastlabki hujjatlar, agar ular mavjud standart (shakl) bo‘yicha 
tuzilgan bo‘lsa, hisobga qabul qilinadi. 
Hujjatning shakli
deganda unda 
rekvizitlarning tarkibi va joylashtirilishi tushuniladi. Rekvizitlar tarkibi 
hujjatning tayinlanishi va unda aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasining 
mazmuniga bog‘liq. Masalan, kassa kirim orderida quyidagi rekvizitlar 


198 
bo‘lishi lozim: pul mablag‘larining kimdan olinganligi, asos, summasi, 
xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lgan sanasi. 
Buxgalteriya hujjatlari aks ettiriladigan xo‘jalik muomalalarining 
mazmuniga ko‘ra namunaviy shakl va maxsus shakldagi hujjatlarga 
bo‘linadi. 
Namunaviy shakl
deb bir toifadagi keng tarqalgan xo‘jalik 
muomalalarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan hujjatlar shakliga 
aytiladi. 
Bunday 
shakldagi 
hujjatlar 
iqtisodiyotning 
barcha 
tarmoqlaridagi korxonalarda bir xilda qo‘llaniladi. Namunaviy 
hujjatlarga quyidagilar misol bo‘ladi: KO №1-kassa kirim orderi, KO 
№2-kassa chiqim orderi, T№53-to‘lov vedomosti va b. 
Maxsus shakldagi hujjatlarga ixtisoslashtirilgan tarmoqlarda tor 
doirada qo‘llaniladigan hujjatlar kiradi. 
Hujjatlar soni va mazmuni imkon qadar kam, ularni rasmiylash-
tirish uchun ketadigan vaqt esa qisqa bo‘lishi lozim. Bunga 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin