R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


-rasm. Baholanadigan asosiy hisob obyektlari



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

9.1-rasm. Baholanadigan asosiy hisob obyektlari. 
Shuning uchun baholash xalqaro standartlar bilan qat’iy belgilab 
qo‘yilmagan bo‘lsada, buxgalteriya hisobining muhim elementlaridan 
Hisob
obyektlari 
Asosiy vositalar 
Nomoddiy aktivlar 
Materiallar
Tayyor mahsulotlar 
Tovarlar 


240 
biri hisoblanadi. Hisob obyektlarining xo‘jalik muomalasini hisobga 
qabul qiladigan sanadagi dastlabki bahosi bilan bir qatorda baholashning 
boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Boshqa baholash usullarini qo‘llash-
ning zarurati eng avvalo inflatsiya jarayonlari bilan bog‘liq. Shuning 
uchun baholashning boshqacha usullaridan foydalanish dastlabki bahoni 
real mahsulot, ish va xizmatlarni takror ishlab chiqarish xarajatlarining 
hozirgi holatiga yaqinlashtirishga yo‘naltirilgan.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida xo‘jalik yurituvchi 
subyekt obyektlarini baholashning quyidagi uslublari e’tirof etilgan: 

 
haqiqiy sotib olish qiymati; 

 
tiklash qiymati, ya’ni tegishli aktivlar turlarining, ularni hozirgi 
sharoitda takror ishlab chiqarishga mos keladigan qiymati; 

 
normal bozor konyunkturasidan kelib chiqib, uning oddiy 
faoliyati sharoitida sotish mumkin bo‘lgan baho; 

 
diskontlangan qiymat. 
Diskontlangan qiymat
muayyan aktivni foydalanishdan yaqin 
kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig‘indisidan 
iborat. Ayrim hisob obyektlarini bevosita haqiqiy tannarxi bo‘yicha 
hisobga qo‘yishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa bir sabab, ayrim xo‘jalik 
muomalalarining ommaviy tavsifga ega ekanligi hisoblanadi. Bular 
asosan moddiy tusdagi, likvidligi yuqori hisoblangan xomashyo, asosiy 
materiallar, yoqilg‘i va boshqalar. Ma’lumki, ularning joriy hisobi har 
kuni yuritilib, xo‘jalik muomalalari ko‘p miqdorda sodir bo‘lganida 
sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasini qayd qilish va 
berish paytida darhol schotlarda aks ettirish imkoni hamma vaqt ham 
bo‘lavermaydi. Hisob siklining oxiriga kelib dastlabki hisob hujjatlari 
bilan tasdiqlangan, ishlab chiqarish zaxiralarining harakati to‘g‘risida 
aniq va to‘liq axborotga ega bo‘linganida, ushbu baholar haqiqiy tannarx 
darajasiga yetkaziladi. Baholashni aniqlashtirish hisob-kitobining negizi-
da qat’iy hisob baholarining mazkur zaxiralar haqiqiy qiymatidan chetga 
chiqishining o‘rtacha foizini aniqlash yotadi.
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, turli debitorlar va kreditorlar 
bilan hisob-kitoblar joriy hisobda dastlabki hisob hujjatlari bilan 
tasdiqlangan xo‘jalik muomalalarining mazmunidan kelib chiqadigan 
summalarda ko‘rsatiladi.
Ayrim hisob obyektlari bo‘yicha ularning dastlabki, nominal bahosi 
real bahosidan yuqori bo‘lgan hollarda bunday obyektlarning qiymati 
balansda real bahoda aks ettirilishi lozim.


241 
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda baholash iqtisodiy hodisa-
larni pul o‘lchovida ifodalash usulidir.
Alohida hisob obyektlarining real bahosini noto‘g‘ri hisoblash 
natijasida iqtisodiy hodisalar faktlari noto‘g‘ri sharhlanadi (interpre-
tatsiyalanadi). Keyinchalik ularni umumlashtirish esa korxona bosh-
qaruv xodimlari tomonidan noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi.
Shunday qilib, haqiqiy tannarx mulklar va majburiyatlarni baho-
lashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Uning ko‘lami muayyan nomdagi 
mahsulot, bajarilgan ish yoki xizmat turini ishlab chiqarish hamda sotish 
xarajatlarining pulda ifodalanishini bildiradi. Tannarx shakllanishi ichki 
xo‘jalik hisob-kitobini tashkil etishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) larning sotish bahosi ularning tannarxiga 
bog‘liq holda shakllantiriladi. Natijada ishlab chiqarishning rentabelligi 
tannarxga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun menejerlar mahsulot(ish, 
xizmat)lar tannarxini boshqarishga doimiy e’tibor qaratishlari, baho-
lashning asosiy tamoyillari – reallik va birlik – hal qiluvchi ahamiyat 
kasb etadi.
Baholashning usullari mulklar va majburiyatlarning turlariga 
bog‘liq.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin