238
buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini
baholashning negizini
ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi
va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat
o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish
uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish
dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq,
ya’ni sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya
hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi.
Xomashyo
va materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy
tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha;
tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi
bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat
o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi.
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat
ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq
xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin.
Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulatsiyalash deb
ataladi. Baholash va kalkulatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining
asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umum-
lashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi
axborotlarni shakllantira-
digan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin
iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari,
passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq
ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab
chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari,
korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan
hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat
qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni
talab etadi.
Demak, baholash va kalkulatsiya korxona aktivlari,
passivlari
hamda xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish
tizimining ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobida
aks ettirish materiallarni tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib,
ular ishlab chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish
jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida tayyor mahsulot
(bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanib,
ular shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya
hisobida aks ettirish natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la
239
tannarxiga qo‘shilmaydigan realizatsiya xarajatlari hamda realizat-
siyaning moliyaviy natijasi aniqlanadi (
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannar-
xini kalkulatsiyalash 10-bobda alohida o‘rganiladi
).
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida
elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida pul ifodasida aks
ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
buxgalteriya hisobining
asosiy obyektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar
va ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va
buyumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari, ya’ni mol
yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar,
davlat budjeti va shunga
o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Budjetdan
moliyalashtiriladigan subyektlarda ayrim o‘ziga xos hisob obyektlari
mavjud. Bularga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; budjetdan
ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar
bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy obyektlarni
quyidagicha turkumlash mumkin (9.1-rasm):
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash
mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valuta, ya’ni so‘mda amalga
oshiriladi. Agar ular xorijiy valutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni
xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir
vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida
xorijiy va milliy valutada aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: