R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Qo‘shimcha yozuv usuli
schotlar aloqasi to‘g‘ri tuzilgan, lekin xo‘jalik 
muomalasining summasi yozilishi kerak bo‘lganidan kam qilib yozilgan 
paytda xatoni tuzatish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha yozuvda schotlar korrespondensiyasi xato (kam) yozilgan 
yozuvdagidek qilib, xato yozilgan va yozilishi kerak bo‘lgan to‘g‘ri summa 
o‘rtasidagi farqiga tuziladi.
Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 40000 so‘mlik material olingan. 
Schotlar korrespondensiyasida esa 35000 so‘m deb ko‘rsatilgan. 
1010-«Xomashyo va materiallar» schoti debeti – 35000 so‘m, 
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga 
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 35000 so‘m. 
Ushbu xatoni tuzatish uchun yuqoridagi schotlarga 5000 so‘m 
qo‘shimcha yozuv qilinadi (40000-35000). 
1010-«Xomashyo va materiallar» schoti debeti – 5000 so‘m, 
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga 
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 5000 so‘m. 
Natijada ikkala yozuv summasi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasini 
to‘g‘ri aks ettiradi. 
Ayrim hisob registrlarida xatolarni tuzatishda ham qizil storno 
usulidan, ham qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, hisob ko‘rsat-kichlari 
tartibga solinib ham turiladi. 
Masalan, mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlashga oid hisob-kitobga 
muvofiq reja tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi qizil 
storno 
yoki 
qo‘shimcha 
yozuv 
yo‘li 
bilan 
hisob 
registrlarida 
rasmiylashtiriladi. Agar mahsulot(ish, xizmat)ning haqiqiy tannarxi reja 
tannarxidan oshiq bo‘lsa, u holda qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, 
farq summa oddiy rang bilan yoziladi, agar teskarisi bo‘lsa, unda qizil storno 
usulidan foydalaniladi. Shunday qilib, mahsulot(ish, xizmat)larning reja 
tannarxi bo‘yicha baholanib schotlarda aks ettirilgan qiymati tartibga solish 
yozuvi yordamida haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. 
Schot № 4220 
«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» 
D-t К-t 


322 
Tuzatilgan schotlar aloqasini yozishda xato yozuvning sanasi va 
raqamiga asoslanib, tuzatish sabablarini ko‘rsatgan holda izoh berish kerak. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritishda 
xilma-xil texnik vositalar va turli hisob registrlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik 
muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va grafalanishi turlicha daftarlar, 
kartochkalar va alohida varaqlar qo‘llaniladi, hisob registrlarining u yoki bu 
tartibda o‘zaro bog‘lanishi aniqlanadi va hisob registrlariga yozishning u 
yoki bu usuli, u yoki bu ketma-ketligi qo‘llaniladi. Muomalalarni qayd 
qilishda qo‘llaniladigan texnik vositalar va hisob registrlarining turli xil 
birlashmalari buxgalterlik hisobining har xil shakllarini ishlab chiqishga olib 
keladi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin