324
sintetik schotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan
memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga
ilova qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi.
Ro‘yxatga olish daftarining jami oylik summasi sintetik schotlar bo‘yicha
oborot vedomosti oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi.
Shu bilan sintetik hisob tomonidan xo‘jalik muomalalarining to‘liq qamrab
olinishini tekshirishga erishiladi.
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinga-nidan
so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi. Memorial-
order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har
bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda
memorial-orderlarning
yozuvlari
har
bir
schot
bo‘yicha
korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr
uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi.
Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat vedomosti deb ham ataladi.
Bosh daftar schotlarida faqat hisobot davri uchun joriy oborotlar hisobga
olinadi.
Bosh daftar schotlarining shakli har bir korrespondensiyalanuvchi schot
bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi shaklga
ega(12.3-jadval):
Dostları ilə paylaş: