441
J.Rossi – xo‘jalik faoliyatidagi faktlarni matritsalarda aks ettiradigan
shaxmat shaklidagi hisobchilikning muallifi. Xo‘jalik faktlarini matritsalarda
aks ettirish tahlil qilish maqsadida chiziqli algebradan
foydalanishga keng
imkoniyatlar yaratadi.
Djino Dzappa (1879–1960) – italiyalik buxgalter, hisobshunoslikni
korxonani boshqarish haqidagi fan sifatida talqin qilgan. Debitorlar va
kreditorlar bilan hisob-kitoblar korxonaning
tashqi dunyo bilan aloqasi
ekanligini,
ayni
paytda
boshqa
schotlar
kabi
korxona
ichidagi
munosabatlarning mohiyatini ochib berishini ko‘rsatgan. U balansning
mohiyati, uning moddalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatishga olib
kelishini, balansning o‘zi esa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks
ettirilgan oborotlar oqibati deb hisoblagan. Bunda u korxona daromadlari
ayon, xarajatlari esa shubhali deb e’tirof etgan. U firma kapitalining qiymati
uning daromadiga bog‘liq deb hisoblagan. (D.Dzappa. La determinatione del
reddito nelle imprese commerciali – Rome, 1929).
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi rivojlanishining birinchi pog‘onasi
Italiyada bosib o‘tilgan. Aynan o‘sha davrda buxgalteriya hisobining ko‘plab
atamalari vujudga kelgan.
Jumladan, eski lotin (italyan)chadan kelib
chiqqan: «Debet – u qarzdor»; «Credit – u ishonadi»; «Saldo – hisob-kitob,
qoldiq»; «Accept – to‘lovga rozilik» kabi so‘zlar hozirgi kunda ham
ishlatilmoqda.
Italiya maktabi tomonidan buxgalteriya
hisobi metodining asosiy
elementlari: schotlar va ikkiyoqlama yozuv shakllantirilib, buxgalteriya
hisobining keyinchalik fan sifatida rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Dostları ilə paylaş: