103
hisobga olinadigan obyektning mohiyati bilan bog‘liq. Masalan,
korxonada yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish
bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar uchun joriy
oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi
sababli, ma’lum bir mahsulot tannarxiga qo‘shilishi mumkin emas.
Shuning uchun bunday xarajatlar 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini
hisobga oluvchi schotlar»ning debetida to‘plab boriladi. Ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng
mazkur schotlarda to‘plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo‘yicha
teng ulushlarda mahsulotlar turlarining tannarxiga taqsimlanadi.
Xarajatlar
hisobdan
chiqarilgandan
so‘ng
3100-«Kelgusi
davr
xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi;
ayrim turdagi xarajatlarni, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil
etish va boshqarish xarajatlarini hisobga olishga oid amaldagi me’yoriy
hujjatlar bilan bog‘liq. Masalan, 2510-«Umumishlab chiqarish
xarajatlari» schoti unda yig‘ilgan xarajatlarni har oyda kalkulatsiya
obyektlariga taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi.
Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga
mos kelganligi sababli
balans schotlari
deb ham ataladi. Bu esa balans
va schotlar o‘rtasida hisob obyektlarini turkumlashning yagona iqtisodiy
tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa
qilishga asos bo‘ladi (buxgalteriya balansi, schotlar va ikki yoqlama
yozuv usullarining o‘zaro bog‘liqligi 5.8-bo‘limda batafsil yoritilgan).
Dostları ilə paylaş: