R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


-rasm. Buxgalteriya yozuvi (provodkasi)ni tuzish tartibi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

5.4-rasm. Buxgalteriya yozuvi (provodkasi)ni tuzish tartibi. 
BUXGALTERIYA YOZUVINI TUZISHDA:
Xo‘jalik muomalasi 
qanday ikkita 
o‘zgarish(hodisa)dan 
iborat ekanligi aniqlanadi. 
Xo‘jalik muomalasi: 
mablag‘lar (balans aktivi) 
yoki uning manbalari 
(balans passivi)ni 
tavsiflashi aniqlanadi. 
Schotlar rejasiga muvofiq 
qaysi schot debetlanishi
yoki qaysi schot
kreditlanishi
(aktiv yoki passiv) 
aniqlanadi. 


121 
1.
Mazkur material turiga bo‘lgan ehtiyoj vujudga kelgan vaqtda. 
Agar bu haqdagi birinchi ma’lumot sex boshlig‘i tomonidan ta’minot 
bo‘limiga berilgan buyurtma ko‘rinishida taqdim etilganda.
2.
Buyurtmaga muvofiq ta’minot bo‘limi buyurtma rasmiylash-
tirgan va mol yetkazib beruvchiga jo‘natganda.
3.
Mol yetkazib beruvchi transport tashkilotining yuklab jo‘natish 
hujjati (tovar-transport nakladnoyi) bilan tasdiqlangan schot-faktura 
to‘ldirgan va jo‘natishni rasmiylashtirganda.
4.
Buyurtmachi shartnoma va schot-fakturaga muvofiq oldin 
to‘lovni amalga oshirganda.
5.
Omborchi olingan materiallar uchun buxgalteriyaga kirim orderi 
taqdim etganda.
6.
Buxgalter ushbu materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchidan 
schot-faktura va boshqa zarur hujjatlarni olganda.
7.
Buxgalter ushbu materiallar uchun hisob-kitob schotidan pul 
o‘tkazilganligi to‘g‘risida bank ko‘chirmasini olganda.
Yuqorida keltirilgan xo‘jalik operatsiyalaridan 3, 4 va 5 lari 
buxgalter uchun muhim bo‘lib, ular mulkka bo‘lgan egalik huquqining 
xaridorga o‘tishi bo‘yicha umum qabul qilingan qoidalardan kelib chi-
qadi. Shunga ko‘ra, xo‘jalik operatsiyasi shartnoma shartlariga muvofiq 
mazkur materiallarga mulkiy huquqning mol yetkazib beruvchidan xari-
dorga o‘tgan va keyinchalik qoplanishi lozim bo‘lgan majburiyatning 
vujudga kelishi paytida ro‘yxatga olinishi mumkin. Ushbu operatsiya 
ikkita schotga ta’sir ko‘rsatadi: 1010- «Xomashyo va material-lar» 
schoti va 6010- «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘lanadigan schotlar» schoti. Ushbu schotlarning balans munosabatiga 
ko‘ra mazmunini bilish keyinchalik ushbu xo‘jalik muomalasini buxgal-
teriya yozuvi ko‘rinishida qiyinchiliksiz aks ettirish imkonini beradi. 
1010- «Xomashyo va materiallar» schoti aktiv bo‘lib, mulklarning qol-
dig‘i va ko‘payishi debet tomonida ko‘rsatiladi. 6010- «Mol yetkazib be-
ruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» esa passiv bo‘lib, mav-
jud majburiyatlar va ularning ko‘payishi kredit tomonida aks ettiriladi.
Demak, yuqorida keltirilgan xo‘jalik operatsiyasi quyidagi 
buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi. 
D-t 1010- «Xomashyo va materiallar» schoti
K-t 6010- «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan 
schotlar» schoti


122 
Ushbu xo‘jalik muomalasi hisobda 6 va 7 amallar bajarilgandan 
so‘ng ham aks ettirilishi mumkin. Chunki, mazkur variant ham amaldagi 
qonunchilikka zid emas.
Buxgalteriya yozuvlarini tuzish uslubi quyidagi jadval ko‘rinishida 
ifodalanishi mumkin (5.9-jadval).

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin