148
Yevropa mamlakatlarida balansdan tashqari schotlar qo‘llanil-
maydi, buxgalteriya hisobining barcha obyektlari balans schotlarida
hisobga olinadi.
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgal-
teriya hisobining schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma»
№21 Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartiga muvofiq balansdan
tashqari schotlar – korxonaga tegishli bo‘lmagan,
lekin vaqtincha
korxona qaramog‘ida bo‘lgan aktivlar, shartli huquqlar va majburiyatlar
mavjudligi hamda harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish
uchun mo‘ljallangan schotlardir. Bu schotlarning qoldiqlari xo‘jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida balansga ilova sifatida
beriladi, lekin ularda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalari moliyaviy
natijalarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Agar korxonalarda asosiy schotlarga yetarli darajada e’tibor
berilayotgan bo‘lsa, balansdan tashqari schotlarning
roli va ahamiyati
amaliyotda ko‘p hollarda tan olinmasligi, ularda aks ettiriladigan
axborotlarning susayishiga olib keladi. Qoidaga ko‘ra, balansdan
tashqari schotlar mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin ma’lum
muddatga uning qaramog‘ida bo‘ladigan yoki saqlanadigan mablag‘lar
va majburiyatlarning mavjudligi hamda harakatini
hisobga olish uchun
mo‘ljallangan.
Balansdan tashqari schotlarning asosiy funksiyalari quyidagilardan
iborat:
—
amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq
mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan mulklar, mablag‘lar va
majburiyatlar ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash;
—
balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan mulklarning
saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash;
—
ushbu schotlarda hisobda turgan mablag‘lar harakatini hujjatlar
bilan rasmiylashtirish;
—
korxonaning kreditga layoqatliligini va moliyaviy barqarorligini
baholash, boshqaruv uchun zarur to‘liq va ishonchli axborotlar bilan
ta’minlash.
Ta’kidlanganidek, balansdan tashqari schotlarda korxonaga qarash-
li bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik uning ixtiyorida bo‘lgan:
ijaraga
olingan asosiy vositalar, qayta ishlash uchun qabul qilingan moddiy
boyliklar hisobga olinadi. Ushbu qiymatliklar buxgalteriya hisobida
oddiy tizimda, ya’ni ikkiyoqlama yozuv qoidasidan foydalanmasdan aks
ettiriladi.
149
Balansdan tashqari hisob oddiy tizim bo‘yicha yuritilganligi
sababli, balansdan tashqari schotlardagi ko‘rsatkichlarning
bir qismi
natura o‘lchovlarida aks ettirilishi mumkin. Shuningdek, bu schotlarda
axborotdan foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar,
xususan hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar aks ettiriladi.
Balansdan tashqari schotlar bo‘yicha hisob yuritish korxona
rahbarining buyrug‘i bilan buxgalteriya
xodimlarining bittasiga
yuklatiladi. Bundan tashqari, buxgalteriyada balansdan tashqari schotlar
bo‘yicha hisobni tashkil etish tartibi aks ettirilgan xizmat vazifalarining
yo‘riqnomasi ishlab chiqilishi lozim. Balansdan tashqari, schotlarni
Dostları ilə paylaş: