R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

INVENTARIZATSIYA QILISH 
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz: 
- inventarizatsiyaning mohiyati, ahamiyati va normativ-
huquqiy asoslari hamda uni o‘tkazishga qo‘yiladigan 
talablar; 
- inventarizatsiyaning turlari, i
nventarizatsiyani o‘tkazish 
bosqichlari va inventarizatsiya komissiyasining faoliyatini 
tashkil etish
 to`grisida bilimlarga

- inventarizatsiyani tashkil etish, 
o‘tkazish va natijalarini 
rasmiylashtirish 
ko`nikmalariga ega bo`lasiz.


213 
8-bob. AKTIVLAR VA MAJBURIYATLARNI 
INVENTARIZATSIYA QILISH 
 
Ishonchligiga ko‘zing yetmagan narsani 
 hech qachon to‘g‘ri deb qabul qilma. 
Rene Dekart 
 
8.1. Inventarizatsiyaning mohiyati, ahamiyati va
me’yoriy-huquqiy asoslari 
 
Buxgalteriya hisobining oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri 
buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, xususiy 
kapital va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq 
ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat. Demak, buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari korxona aktivlari (mablag‘lari) va passivlari (xususiy 
kapital va majburiyatlar) hamda xo‘jalik jarayonlarining holati 
to‘g‘risida o‘z vaqtida aniq va ishonchli axborot berishi lozim. 
Lekin, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida haqiqatda 
mavjud mulkiy obyektlarning, barcha turdagi debitor qarzlarni va 
korxona majburiyatlarining haqiqiy qoldiqlarini ham qo‘shgan holda, 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farq qilish hollari uchraydi. Bunday 
farqlar tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha kamomad, oshiqchalik, qayta 
navlash va summalardagi tafovutlar; kassadagi pul mablag‘lari, qimmatli 
qog‘ozlar va pul hujjatlarining kamomadi yoki oshiqchaligi; hisob-
kitoblarning ma’lum uchastkalari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik 
qarzlar qoldiqlarining hisobda oshirib yoki kamaytirib ko‘rsatilishi; 
asosiy ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatla-
rining oshirib ko‘rsatilishi kabi holatlarning natijalari hisoblanadi. 
Ushbu farqlarning sabablari asosan quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
- haqiqiy kamomad va yo‘qotishlarning tovar-moddiy boyliklarni 
saqlash va tashishdagi tabiiy kamayish me’yorlaridan oshib ketishi; 
- uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarning o‘g‘irlanishi, 
kamomadi, ataylab buzilishi va yo‘qotilishi; 
- mulklar va majburiyatlar analitik hisobining izdan chiqqanligi; 


214 
- buxgalteriyaga qabul qilingan hujjatlar ma’lumotlaridagi chalkash-
liklar, mol-mulklarni baholashdagi va buxgalteriya yozuvlaridagi xatolar 
va h.k. 
Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasi 
ushbu farqlarni eng qisqa muddatlar ichida aniqlashni, buxgalteriya 
hisobi va hisobotlarida aniqlangan farqlar natijalaridan kelib chiqadigan 
va ularga to‘la mos keladigan tegishli tuzatishlarni kiritishni nazarda 
tutadi. Buxgalteriya hisobi mol-mulklarning mavjudligi to‘g‘risidagi 
hisob ma’lumotlarining ishonchliligini, debitorlik va kreditorlik qarzlar 
to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining haqqoniyligini inventarizatsiya 
qilish yo‘li bilan samarali nazorat qila olishi mumkin.
Inventarizatsiya tushunchasi lotincha bo‘lib, «inventarium» aynan 
tarjimasi «xo‘jalik buyumlarining aniq va batafsil ro‘yxati» degan 
ma’noni bildiradi.
Inventarizatsiya o‘tkazish O‘zbekistonda davlat ahamiyatiga ega 
bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunga muvofiq «Buxgal-
teriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi 
aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish 
orqali tasdiqlanadi» (16-modda). Agar buxgalteriya balansining barcha 
moddalari to‘liq inventarizatsiya qilinmagan bo‘lsa va bunday 
inventarizatsiya natijalari buxgalteriya hisobotiga kiritilmagan bo‘lsa, 
buxgalteriya hisoboti haqiqiy hisoblanmaydi. Qonundan kelib chiqadi-
gan ushbu talablarni amalga oshirish maqsadida №19 «Inventari-
zatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli O‘zbekiston Respublikasi 
buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) ishlab chiqilgan 
(O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-
oktabrda №EG./17-19-20-75-sonli buyruq bilan tasdiqlangan va Adliya 
vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-raqam bilan ro‘yxatga olingan). 
Unda korxonaning mol-mulklari va moliyaviy majburiyatlarini 
inventarizatsiya qilish hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi 
belgilangan. Shuningdek, №4 – «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS 
talablariga muvofiq, «mulkchilik va faoliyat turidan qat’i nazar, barcha 
korxonalar har yili yillik hisobotlar va balanslarni tuzishdan oldin asosiy 
vositalar, kapital qo‘yilmalar, tugallanmagan kapital qurilishlar, tovar-

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin