352
Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash XIX asrning o‘rtalarida
AQSHda, kapitalning konsentratsiyalashuvi va kompaniyalarning birla-
shishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham
konsolidatsiyalash masalalariga kirishilgan. Hozirgi vaqtda ikki va undan
ortiq korxonalarning birlashishi, xoldinglar, korporatsiyalar va moliya-sanoat
guruhlarining tashkil etilishi mamlakatimiz
amaliyotida ham keng tus
olmoqda. Konsolidatsiyalashning zarurligi uning iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Agar korporativ guruhga kiruvchi korxonalar turli mamlakatlarda
joylashgan bo‘lsa, guruhning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotini
tuzishda ularning hisobot ma’lumotlari yagona valutaga keltiriladi. Guruhga
kiruvchi korxonalar bosh kompaniya bilan bitta mamlakatda joylashganda,
ularning moliyaviy hisobotlarini bitta valutaga keltirishga ehtiyoj bo‘lmaydi
va konsolidatsiyalashning yagona uslublaridan foydalaniladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot O‘zbekiston Respublikasi
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasi, buxgalteriya
hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq tuziladi.
Bunda bosh
korxonadan ajralib chiqib faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar guruhi uchun
umumlashgan moliyaviy moddalarni tuzish va taqdim qilish to‘g‘risida so‘z
yuritiladi. Qonunning mazkur moddasiga muvofiq bir yoki bir necha sho‘ba
korxonalar, filiallar va vakolatxonalariga ega bo‘lgan korxonalar
umumlashgan moliyaviy hisobot tuzadilar.
Ushbu
moddaning
talablari
vazirliklar,
idoralar
va
budjet
tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Umumlashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq
tuziladi.
Bosh korxonaning sho‘ba korxonalarga qo‘shgan hissalari uning
moliyaviy hisobotida moliyaviy qo‘yilma sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy
bo‘linmalarini, ularning balanslari va hisobot shakllarini belgilangan tartibda
tegishli yuridik shaxsning umumlashtirilgan hisobotiga kiritish sharti bilan
mustaqil balansga ajratib chiqarishlari mumkin.
Konsolidatsiyalangan
moliyaviy hisobot, agar bosh kompaniya
o‘zining barcha sho‘ba korxonalarini yopib, ular faoliyatini boshqarishni
bitta yuridik shaxs doirasida amalga oshirganida, kompaniyaning hisoboti
qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot rahbariyatga va kor-porativ
guruhga kiruvchi korxonalarning
kuzatuv kengashiga, shu-ningdek, mavjud
va potensial investorlar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va
353
davlat kabi tashqi axborotdan foydalanuv-chilarga ham taqdim etiladi.
Shunisi bilan u axborot funksiyasida yopiq bo‘ladi.
Axborotlardan tashqi foydalanuvchilar
uchun konsolidatsiyalangan
hisobot xususiy balanslarning cheklanganliklarini bartaraf etadigan,
qo‘shimcha axborot manbai hisoblanadi. Konsolidatsiyalangan hisobot bosh
kompaniya uchun o‘z hisobotini o‘ziga xos «kengaytirish» va «to‘ldirish»
hisoblanadi.
Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kid-lash
joizki, konsolidatsiyalangan hisobot bir necha xususiyatlarga ega:
konsolidatsiyalangan hisobot yuridik mustaqil korxonaning hisoboti
hisoblanmaydi. Uning maqsadi korporativ guruh faoliyatining natijalari
to‘g‘risida umumiy tasavvur shakllantirishdan iborat. U aniq axborot bilan
ta’minlash va tahlil uchun yo‘naltirilgan;
korporativ guruh a’zolari hisoblangan korxonalar o‘rtasidagi
kelishuvlar konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga kiritilmaydi. Unda
faqat aktivlar va majburiyatlar, tashqi kontragentlar bilan amalga oshirilgan
operatsiyalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar ko‘rsatiladi. Har qanday
korporativ guruh ichidagi moliya-xo‘jalik operatsiyalari identifikatsiyalanadi
va
konsolidatsiyalash
jarayonidan
chiqarib
tash-lanadi
(konsolidatsiyalanayotgan hisobotga kiritilmaydi).
Konsolidatsi-yalash bosh
kompaniya tarkibiga kiruvchi kompaniyalar moliyaviy hisobotlarining bir xil
nomdagi moddalarini oddiy (arifmetik) jamlash emas;
guruhlar
hisoboti
birlashma
tarkibiga
kiruvchi
har
bir
kompaniyaning moliyaviy ahvoli va faoliyat natijalari to‘g‘risidagi
umumlashgan axborotlarni aks ettiradi. Bu demak, bitta sho‘ba korxonaning
foydasi boshqasining zararini «yashirishi», bitta sho‘ba korxonaning
mustahkam moliyaviy ahvoli boshqasining potensial to‘lov layoqatini
«yashirishi» mumkin;
agar
korporativ
guruh
biznesning
har
xil
turlari
bilan
shug‘ullanuvchi kompaniyalardan iborat bo‘lsa, u holda mazkur guruh
bo‘yicha konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ayrim muhim tafsilotlarni
ochib bermasligi mumkin. Guruh faoliyatining har biri segmenti to‘g‘risida
qo‘shimcha axborotlar yetishmagan hollarda esa №27 MHXS va YH
Yettinchi direktivasi bunday ochib berishni talab qiladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotning ushbu xususiyatlari uning
guruh faoliyatidagi rolini to‘liq ochib berishga imkon yaratadi. Xususan:
guruh to‘g‘risidagi ijobiy fikrlarni qo‘llab-quvvatlash va uning fond
bozoridagi mavqeini mustahkamlash (korporativ guruh va guruhdagi boshqa
354
kompaniyalar aksiyalari kotirovkasining o‘sishi) uchun butun guruh bo‘yicha
umumlashgan axborotni taqdim etish;
yagona iqtisodiy birlikning moliyaviy ahvolini va xo‘jalik
muomalalarini aniqroq tasvirlaydi, ammo alohida moliyaviy hisobot-larining
o‘rnini bosmaydi;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘ladi;
korporativ guruh a’zolarining iqtisodiy o‘zaro bog‘liqliligi va o‘zaro
ta’sirini tavsiflaydi;
ushbu hisobot bosh kompaniyaning valutasida tuzilganligi sababli
bosh kompaniya uchun nazorat funksiyasini ham bajaradi;
korporativ guruh faoliyatini moliyaviy
rejalashtirish va moliya-
lashtirishga ta’sir ko‘rsatadi va b.
Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash zaruriyati eng avvalo
axborotdan foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Kon-
solidatsiyalangan moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilarga
aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar, korporativ guruhning boshqaruv
xodimlari va davlat boshqaruv organlarini kiritish mumkin (13.2- rasm).
Konsolidatsiyalangan moliyaviy
hisobotdan foydalanuvchilar
Ichki
Tashqi
A k s i y a d o r l a r
Bosh-
qaruv-
chilar
Xodim-
lar
Inves-
torlar
Kredi-
torlar
Xari-
dorlar
Dav-
lat
Jamoat-
chilik
Dostları ilə paylaş: