R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


aniqligi ularning  muhimligi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

aniqligi
ularning 
muhimligi
bilan 
bevosita bog‘liq. 
Muhimlik
bozor iqtisodiyotiga o‘tgandan so‘ng 
vujudga kelgan. Hozirgi paytda ushbu talab, agar muhimlik darajasi 
axborotdan foydalanuvchilar tomonidan qaror qabul qilinishiga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lsa, tan olinadi va qabul qilinadi. Bunda 
moliyaviy hisobotning ataylab yoki bilmasdan chalkashtirilishi 
ahamiyatga ega emas. Bunday hisobotga asoslanib xato xulosa qiladigan 
yoki qaror qabul qiladigan, malakali axborotdan foydalanuvchiga hal 
qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan, uning ko‘lami muhim hisoblanadi. Xato 
xulosalarni qabul qilishga hisob axborotlarining hajmi juda katta bo‘lishi 
ham, juda kichik bo‘lishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda 
axborotlarning keragidan oshiqchaligi va ma’lumotlarning nomuvofiq-
ligi oqibatida ularning muhimligini baholash imkoni yo‘qligi natijasida 
ularning foydaliligi yo‘qoladi.


41 
Ikkinchi holatda zarur axborotlarning yetishmasligi oqibatida 
axborotdan foydalanuvchi o‘z tadbirkorlik faoliyatining barcha 
segmentlarini puxta rejalashtira olmaydi.
Shunday qilib, har ikkala holatda ham natija bir xil, ya’ni 
asoslanmagan qarorlar qabul qilinadi.
Muhimlikni aniqlashda kamchiliklarni pasaytirish uchun elektron 
hisoblash mashinalaridan foydalangan holda har xil variantlarni ishlab 
chiqish va keyinchalik ularni aniq qarorlar qabul qilish chog‘ida 
taqqoslash mumkin.
Bizning fikrimizcha, buxgalteriya axborotlarining muhimligi, 
ularning ahamiyatliligi to‘g‘risidagi talabni O‘zbekiston Respublikasida 
buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga soladigan tizimdagi 
me’yoriy hujjatlarga ham kiritish zarur. Jumladan, «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasiga quyidagi tahrirda o‘zgartirish 
kiritish maqsadga muvofiq: «Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish 
xati xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning moliyaviy ahvoli, hisobot yili va 
undan oldingi yillar ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligi, baholash 
metodlari va moliyaviy hisobotning ahamiyatli moddalari to‘g‘isidagi 
muhim axborotlarni o‘z ichiga olishi lozim». 
Shuningdek, moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari uchun muhimlik 
darajasi nisbiy ko‘rsatkich ko‘rinishida tegishli buxgalteriya hisobi 
milliy standartlarida ham (№1 BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy 
hisobot», №5 BHMS «Buxgalteriya balansi». №23 BHMS «Qayta tash-
kil etishni amalga oshirish», «Moliyaviy hisobotni to‘ldirish qoidalari» 
(O‘zR MV 27.12.2002-y. 140-sonli buyrug‘ining 7-ilovasi) va b.) 
keltirish zarur.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida aktivlar, majburiyatlar, 
daromadlar, xarajatlar va xo‘jalik muomalalari alohida ochib berilishi 
lozim, chunki bularni bilmasdan, manfaatdor axborotdan foydalanuv-
chilar xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy ahvolini yoki uning moliya-
xo‘jalik faoliyati natijalarini to‘g‘ri baholay olmaydilar.
Moliyaviy axborot ahamiyatliligining ko‘lamidan qat’i nazar, 
mazkur talab faqat uning manbasi tegishli foydalanuvchilar bilan amalga 
oshirilishi mumkin.
Ma’lumotlarning 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin