R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

 
Jak Savari
(1622–1690) – buyuk fransuz yuristi va 
buxgalteri, «Tijorat kodeksi»ning asoschisi (1673-yil), alohida 
korxona xo‘jalik faoliyatini buxgalterlik hisobining predmeti 
deb hisoblagan, hisobning sintetik va analitik hisob turlariga 
bo‘linishini asoslab bergan. Ikkita balans tuzish zarurligini 
ko‘rsatib bergan: bittasi bosh daftar schotlari bo‘yicha va 
ikkinchisi inventarizatsiya ro‘yxatlari bo‘yicha, ushbu balanslar 
o‘rtasida odatda, har doim tafovutlar bo‘lishini ta’kidlagan. U 
savdo kalkulatsiyasini tuzish uslubini birinchi marta bayon qilib 
bergan. 


443 
1673-yilda Fransiyaning Tijorat Kodeksiga muvofiq har bir korxona 
ikki yilda bir marta balans tuzishi talab qilingan. Shu tariqa moliyaviy 
hisobotning asosiy foydalanuvchisi – investorlar davri vujudga kelgan.
17.4.
 
Germaniya maktabi 
 
XX asrning birinchi yarmida Germaniya buxgalterlar maktabi ustunlik 
qila boshlagan.
Ularning yorqin namoyondalaridan biri I.F.Sher bo‘lib, u buxgalteriya 
hisobining asosini schotlar emas, balki balans tashkil etadi deb hisoblagan. U 
buxgalteriya hisobining tuzilishi va mazmunini umumiylikdan xususiylikka 
qarab o‘rgangan.
Italiya maktabi ham, fransiya maktabi ham xususiylikdan umumiylikka 
tomon harakatlangan. I.F.Sher tomonidan yaratilgan hisob nazariyasi balans 
nazariyasi deb atalgan.
I.F.Sher kapital tenglamasini ishlab chiqqan:
A-M=K (Aktiv – Majburiyat = Kapital)
Ushbu tenglama Sher postulati deb ataladi. Uning mazmuni korxona 
kapitali uning aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farq sifatida 
aniqlanishini bildiradi. Bundan balans tenglamasi keltirib chiqarilgan.
A=K +M (Aktiv = Kapital + Majburiyat)
Shunday qilib, I.F.Sher nazariyasiga ko‘ra, har qanday hisobchilikning 
asosini balans tashkil etadi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin