444
Schotlar balansga munosabatiga ko‘ra aktiv va passiv schotlarga
bo‘lingan. Ularning tomonlari qarama-qarshi hisoblangan: aktiv schotning
debetida – ko‘payish, kreditida kamayish, passiv schotlarda esa aksincha.
Shuningdek, Germaniya maktabida G. Niklish, E. Shmalenbax,
F.Gyugli va boshqalar buxgalterlik ilmining
taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‘shganlar.
Fridrix Gyugli (1833–1902) – shvetsariyalik buxgalter, kameral
buxgalteriyani eng to‘liq bayon qilgan va uni buxgalteriya hisobi digrafik
patrimonal tizimining an’anaviy qoidalari bilan uyg‘unlash-tirishga
harakat
qilgan. Uyg‘unlashtirishning mohiyati pul mablag‘larini hisobga olish
tizimiga, ularning tayinlanish (rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar) va
bajarilishi (haqiqiy daromadlar va xarajatlar)ni bir-biridan ajratish bilan
bog‘liq bo‘lgan nazorat muomalalarini kiritishdan iborat. Ushbu yondashuv
konstant buxgalteriya nomini olgan. Gyugli birinchilardan bo‘lib hisobchilik
shakllarini tahlil qilgan.
Shunday qilib, Germaniya maktabida balansshunoslik yo‘nalishi
vujudga kelgan,
iqtisodiy tahlil rivojlangan, tannarx hisoblash bo‘yicha
Genrix Niklish
(1876–1946) – nemis buxgalteri, statik
balans nazariyasining asoschisi. Ushbu nazariyaga muvofiq,
balans korxona ixtiyoridagi mol-mulklarning
qiymati aniq
hisoblab chiqariladi. Bu mol-mulklar balans tuziladigan sanada
sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
G.Niklish balans faqat shundagina korxonaning haqiqiy
moliyaviy ahvolini aks ettiradi deb hisoblagan. U balansning
asosiy vazifasi kreditorlar manfaatini himoyalash deb faraz
qilgan. Bunda u korxona foydasini nafaqat o‘z kapitalini, balki
tashqaridan jalb qilingan kapitalni
ham ishlatishning natijasi
sifatida o‘rgangan.
Dostları ilə paylaş: