R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

 
Djuzeppe Cherboni
(1827–1917) – italiyalik buxgalter, 
logismografiya
– hisobshunoslikning original shaklini o‘zida 
mujassamlashtirgan buxgalteriya hisobining to‘liq yuridik 
qomusini kashf etgan. U barcha schotlarni to‘rtta guruhga 
(mulkdorlar, ma’muriyatchilar, agentlar va korrespondentlar 
schotlariga) bo‘lgan va ularning murakkab tabaqalanishini 
keltirgan. Buning natijasida hisobni sintetik va analitik turlarga 
bo‘lish mazmunini yo‘qotgan va xo‘jalik operatsiyalari haqidagi 
ta’limot birinchi o‘ringa chiqarilgan. Barcha operatsiyalar 
permutatsiya va (yoki) modifikatsiya sifatida bayon qilingan. 
 
Luka Pacholi
(1445–1517) – buyuk matematik, diagrafik 
hisob tizimining asoschisi «Schotlar va yozuvlar haqidagi asar 
«(1494)ning muallifidir. Ushbu kitobda hisobchilikning vazi-
falari, savdogar va buxgalterga qo‘yiladigan talablar, ikkiyoq-
lama buxgalteriya (diagrafik paradigma) g‘oyasining asoslari 
bayon etilgan, buxgalteriya balansi tushunchasi shakllantirilib, u 
inventar modifikatsiyasi sifatida tushunilgan buxgalteriya hiso-
bining asosiy amal(protsedura)lari rivojlanishiga ulkan hissa 
qo‘shgan. 


440 
A.Petro murakkab provodka tushunchasini kiritgan bo‘lib, bunda bir 
necha schotlar debetlanadi va bitta schot kreditlanadi va aksincha, bir schot 
debetlanadi va bir necha schotlar esa kreditlanadi.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga quyidagi italiyalik olimlar ham 
ulkan hissa qo‘shgan.
Nikolod Anastisio mablag‘lar harakatlanishi ustidan qat’iy nazoratni 
ta’minlaydigan tizimni yaratgan.
Italiyalik nazariyotchi va yurist Franchesko Villa: davr boshidan 
xo‘jalik mablag‘lari harakati ustidan nazorat o‘rnatish va barcha daro-mad va 
xarajatlarni ro‘yxatga olishda hisobning maqsadini aniqlagan.
Shuningdek, xo‘jalik faoliyati faktlarini mantiqan yozishga doir 
ta’limot asoschisi va schotlar turkumlanishi bo‘yicha yangi g‘oyalarni ilgari 
surgan mualliflardan biri Djuzeppe Cherboni.
Fabio Besta – hisobni alohida korxona mablag‘larini harakatga 
keltiruvchi iqtisodiy nazorat haqidagi fan sifatida ta’riflagan.
Juzeppi Rossi (1845–1921) – italiyalik buxgalter, hisob axborotlari bir 
odamdan 
ikkinchisiga 
hujjatlari 
orqali 
o‘tadi, deb hisoblagan. 
Umumlashtiruvchi hujjat hisobot bo‘lib, u boshqaruv funksiyalarining uchta 
- iqtisodiy (aktiv), yuridik (passiv) va ma’muriy (moliyaviy holat 
to‘g‘risidagi hisobot) turini birlashtirgan holda korxonaning xo‘jalik holatini 
aks ettiradi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin