176
(№21-BHMSning 2-ilovasi)da har bir schotning tavsifidan so‘ng uning
boshqa schotlar bilan korrespondensiyalanishi keltirilgan.
Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schotlar (0400)ning boshqa
schotlar bilan korrespondensiyalanishi
6.1-jadval
№
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Schotlar
korrespondensiyasi
debet
kredit
1.
Xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlan-
g‘ich qiymati (haqiqiy tannarxi bo‘yicha
kirim
qilinishi)
0410-
0490
0830
2.
Korxonaning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktiv-
larning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim qilinishi
0410-
0490
0830
3.
Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki aksiyaga
obuna bo‘lishga haq to‘lash
hisobiga olingan
nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi
0410-
0490
4610
4.
Tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim
qilinishi
0410-
0490
8530
5.
Korxonani sotib olishda aktivlarning haqiqiy
bahosi va sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq
sifatida vujudga keladigan gudvillni aks ettirish
0480
8330
6.
Gudvill summasini
har oy foydali xizmat
muddati davomida hisobdan chiqarish
Xarajat
schotlari
0480
7.
NMAlarning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha
sotilishi, hisobdan chiqarilishi, xarid qilingan
qimmatli qog‘ozlar
evaziga berilishi, boshqa
korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida,
shuningdek, tekinga berilganda va boshqa tarzda
hisobdan chiqarilganda
9220
0410-
0490
Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, buxgalter u yoki bu schot-
ga taalluqli muayyan operatsiya bo‘yicha schotlar korrespondensiyasini
belgilashning to‘g‘riligi haqida o‘zini nazorat qilib borishi mumkin. U
yozilgan schotlar korrespondensiyasini namunadagi
bilan taqqoslashi
mumkin. Agar bunday schotlar korrespondensiyasi namunada berilma-
gan bo‘lsa, schotlar korrespondensiyasi xo‘jalik operatsiyasining maz-
munidan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda
buxgalterlarga yordam tariqasida buxgalteriya hisobi schotlarining
177
boshqa schotlar bilan namunaviy korrespondensiyalari keltirilgan qo‘l-
lanmalar chop etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: