174
IV qism. Xususiy kapital
VIII bo‘lim. Kapital, foyda va zaxiralar
Ushbu bo‘limning schotlari korxonaning xususiy kapitali holati va
harakati,
shuningdek, qonunchilikka muvofiq va (yoki) ta’sis hujjat-
lariga muvofiq, tashkil etilgan rezervlar va fondlar to‘g‘risidagi
axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Xususiy kapital korxonaning aktivlar va majburiyatlari o‘rtasidagi
farqdir.
Xususiy kapital mulk egasi tomonidan amalga oshirilgan qo‘shim-
cha
investitsiyalar, faoliyat natijalariga bog‘liq holda ko‘payishi yoki
kamayishi mumkin.
Shu yerda ta’kidlash joizki, schotlar rejasi buxgalteriya hisobi
schotlarining hisob obyektlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha
bir tizimga
keltirilgan ro‘yxati sifatida moliyaviy hisobotning asosiy shakllari:
buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot
(2-shakl) bilan o‘zaro mos keladi.
Masalan, schotlar rejasining I qismi (1-bo‘lim) va II qismi (2, 3, 4,
5-bo‘limlar) mos ravishda balans aktivining 1- «Uzoq muddatli aktivlar»
va 2- «Joriy aktivlar» bo‘limlariga to‘g‘ri keladi.
Schotlar rejasining III qismi (6, 7-bo‘limlar) va IV qismi (8-
bo‘lim) mos ravishda balans passivining 1- «O‘z mablag‘lari manbalari»
va 2- «Majburiyatlar» bo‘limlariga to‘g‘ri keladi.
Buni sodda shaklda quyidagicha ifoda etish mumkin (5.10-rasm).
Dostları ilə paylaş: