ТТХ
b
х
о
j
хК
М
ТТХ
/
.
.
, ( 2)
M
j.o.x/b
– joriy oyda hisob bahosi bo‘yicha sarflangan materiallar qiymati.
Bundan sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini (HT
s.m.
)
quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:
HT
s.m.
qM
j.o.h/b
QΣTTX, (3)
Ta’minot jarayoni korxonaning ta’minot rejasi (grafigi) asosida
amalga oshiriladi. Uning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
korxona tomonidan sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning
miqdori, muddati, turlari va hokazo. Shu munosabat bilan ta’minot
jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari ta’minotning haqiqiy
hajmini va sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy
tannarxini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining analitik va
sintetik schotlari tizimida sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatlik-
larning miqdori va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanib, ular
ta’minot jarayonini miqdor va qiymat jihatidan nazorat qilishni
273
ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimidan korxonaning
barcha turdagi tovar-moddiy qiymatliklarini sotib olish hajmi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin.
Tovar-moddiy
qiymatliklarni
hisobga
olish
uchun
1000-
«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-«Xomashyo va
materiallar», 1020-«Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi
buyumlar»,
1030-«Yoqilg‘ilar»,
1040-«Ehtiyot
qismlar»,
1050-
«Qurilish materiallari», 1060-«Idish va idish materiallari» va boshqa
schotlar) mo‘ljallangan. Tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun
tuzilgan shartnomaga muvofiq xaridor mol yetkazib beruvchiga
ko‘rsatilgan summaning kamida 15%ini oldindan to‘lov yo‘li bilan
o‘tkazib berishi lozim. Buning uchun xaridor bankka to‘lov
topshiriqnomasi (shartnoma va mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan
schot-fakturani ilova qilgan holda) taqdim etadi. So‘ngra mol yetkazib
beruvchining yukni kuzatuvchi hujjatlariga muvofiq xaridor korxonada
kirim hujjatlari rasmiylashtirilib, omborga kirim qilinadi va xarid
narxiga yuqorida qayd qilingan schotlardan tegishlisi debetlanadi.
Tovar-moddiy qiymatliklarga tegishli transport-tayyorlov xarajatlari
ham ushbu schotlarga olib boriladi. Shunday qilib, tovar-moddiy
qiymatliklarni hisobga oladigan schotlarning debet oboroti ta’minotning
haqiqiy hajmini, ya’ni hisobot davri ichida haqiqatan olingan tovar-
moddiy qiymatliklarning umumiy summasini, ularning haqiqiy tannarxi
bo‘yicha aks ettiradi. Ushbu schotlarning kreditida esa, tovar-moddiy
qiymatliklarning haqiqiy tannarx bo‘yicha sarflanishi ko‘rsatiladi.
Ularning qoldiqlari faqat debet tomonida bo‘lib, tovar-moddiy
qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha omborda mavjudligini
bildiradi.
Ta’minot jarayonini boshqarish uchun tayyorlangan tovar-moddiy
qiymatliklarning umumiy hajmi ko‘rsatkichidan tashqari keltirilgan
materiallarning har bir turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham zarur. Bunday
ma’lumotlar analitik schotlar yordamida olinadi.
Analitik hisobda, qoidaga ko‘ra, tegishli material turining
shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Tovar-moddiy
qiymatliklarning harakatini aks ettiradigan dastlabki hujjatlarda faqat
materiallarning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi.
Transport-tayyorlov xarajatlari esa barcha materiallarga taalluqli jami
summasi bilan yoziladi. Ushbu xarajatlarning har bir material turiga
to‘g‘ri keladigan ulushi oy oxirida bir marta hisob-kitob yo‘li bilan
274
aniqlanib, alohida material turlarining haqiqiy tannarxini aniqlash
uchun, ularning shartnoma baholari bo‘yicha qiymatiga qo‘shiladi.
Korxonaning mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblari 4300-
«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni
hisobga oluvchi schotlar» (4310, 4320, 4330) va «Mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»da (6010, 6020) aks
ettiriladi. 4300-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan
bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar» aktiv bo‘lib, ularning debetida
tovar-moddiy qiymatliklar, uzoq muddatli aktivlarning yetkazib berilishi
va ishlarning bajarilishi uchun o‘tkazilgan bo‘naklar aks ettiriladi. 6000-
«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»
(6010, 6020) passiv bo‘lib, ularning kreditida korxonaning turli mol
yetkazib beruvchi va pudratchilardan olingan tovar-moddiy qiymatliklar,
bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun joriy
qarzlari aks ettiriladi. Bu schotlarning debetida to‘langan summalar,
ya’ni mol yetkazib beruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning
kamayishi
ko‘rsatiladi.
6010-«Mol
yetkazib
beruvchilar
va
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» (6010, 6020) schotining kredit
qoldig‘i mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanishi lozim
bo‘lgan qarzlarning joriy qismini bildiradi.
Ta’minot jarayoniga oid xo‘jalik muomalalarini hisobda aks
ettirishga doir misollarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, korxonada 1-
yanvar 2020-yil holatiga materiallarni hisobga oluvchi schotlarning
qoldiqlari quyidagicha:
1010-«Xomashyo va materiallar» schoti 100000 so‘m.
shu jumladan:
materiallarning jami summasidan, so‘m hisobida:
«A» material (3000 kg x 20 so‘m) 60000 so‘m.
«B» material (1000 kg x 40 so‘m) 40000 so‘m.
Jami : 100000 so‘m.
5110-«Hisob-kitob schoti» 90000 so‘m.
6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» 12000 so‘m.
Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
korxonaga 61200 so‘mlik schot taqdim qilingan. Jumladan:
«A» material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m)
275
«B» material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m) .
Jami 60000 so‘m
Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish
qiymati korxona hisobidan qoplanadi 1200 so‘m
H a m m a s i : 61200 so‘m
Mazkur korxonada aprel oyi davomida quyidagi ta’minot
jarayoniga oid muomalalar sodir bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |