Nazorat savollari 1.
Kalkulatsiya tushunchasini ta’riflang.
2.
Kalkulatsiyaning ahamiyati nimalardan iborat?
3.
Xarajat elementlarini aytib bering
4.
Xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha qanday guruhlanadi?
5.
Mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxi qanday
moddalardan iborat?
6.
Xarajatlarni turkumlash nima uchun zarur?
7.
Xarajatlar qanday belgilar bo‘yicha turkumlanadi?
8.
Xarajat hisobi obyektlari deganda nimani tushunasiz?
9.
Xarajat hisobi obyektlarining qanday turlari mavjud?
10.
Kalkulatsiyani qanday turlarini bilasiz? Ular qachon va qanday
tuziladi?
11.
Mahsulot (ish, xizmat)lar birligining tannarxi qanday hisoblanadi?
12.
Kalkulatsiya obyekti deganda nimani tushunasiz?
13.
Kalkulatsiya obyektlarining qanday turlarini bilasiz?
14.
Kalkulatsiya birligi deganda nimani tushunasiz?
15.
Kalkulatsiya birliklarining qanday turlarini bilasiz?
16.
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini
kalkulatsiyalashning qanday usullari mavjud? Ularni tavsiflang.
Nazorat testlari 1. Kalkulatsiya nima? A) mahsulotlarni sotish jarayoni
B) ta’minot jarayoni
C) mahsulot(ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash
usuli
D) mahsulotlarni ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan jarayon
E) mahsulotlarning sotish qiymati
2. Kalkulatsiya obyekti nima? A) nazorat va tartibga solish tizimida ishlatiladigan xarajatlar
B) davr xarajatlari
C) tugallanmagan ishlab chiqarish
D) ishlab chiqarilgan mahsulotlar, texnologik jarayonlar, ya’ni har xil
tayyorgarlik darajasidagi mahsulotlar, ish yoki xizmat turlari
E) kompleks xarajatlar