R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Normativ usul
. Xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalku-
latsiyalash normativ usulining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
a) korxonada qo‘llanilayotgan norma va normativlar asosida har 
bir mahsulot bo‘yicha normativ tannarxi kalkulatsiyasini oldindan 
tuzish. 
Ushbu 
tamoyil 
korxonada 
qo‘llanilayotgan 
texnologiya, 
konstruktorlik, moliyaviy va ma’muriy hujjatlar hamda boshqaruv 
ehtiyojlari uchun qo‘llaniladigan hujjatlar asosida hisoblangan, normativ 
va smeta (budjet) ko‘rsatkichlaridan iborat normativ baza mavjud 
bo‘lganidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda quyidagilar bo‘yicha 
normativlar bo‘lishi lozim: ishlab chiqarish va tijorat jarayonlari uchun 
xarajatlar normativlari, ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari material 
va yoqilg‘i-energetika resurslarining normalari, mehnat haqi fondi, 
xodimlar soni, boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining smetasi
transfert baholari va h.k.
b) Normativ tannarxni tuzatish (korrektirovka) uchun amaldagi 
normalarning o‘zgarishini oy davomida hisobga olish, ushbu 
o‘zgarishlarning mahsulot tannarxi va normalarni o‘zgartirishga sabab 
bo‘lgan tadbirlar samaradorligiga ta’sirini aniqlash.
d) Oy davomida xarajatlarni normalar va undan chetlanishlar 
bo‘yicha hisobga olish.
e) Normadan chetlanishlarni ularning vujudga kelish joylari 
bo‘yicha sabablarini aniqlash va tahlil qilish.
f) Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini normativ 
tannarx, normadan chetlanish va normalar o‘zgarishining yig‘indisi 
sifatida aniqlash.
Haqiqiy 
tannarx
Normativ 
tannarx
Normaning o‘zgarishi 
natijasida normativ 
tannarxni korrektirovka 
qilish (ijobiy yoki 
salbiy miqdor) 
Tovar chiqishi bo‘-
yicha normadan chet-
lanish (salbiy – tejal-
gan qismi, ijobiy – 
ortiqcha sarflangan 
qismi) 





264 
Bunday hisob va hisob-kitob algoritmiga rioya qilish o‘ta 
sermehnat jarayon bo‘lsada, keyinchalik nazorat va tahlil uchun 
xarajatlar to‘g‘risida ishonchli axborotlarni olishga imkoni beradi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin