R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalash metodlari



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

10.6. Xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalash metodlari 
 
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini 
kalkulatsiyalash usullari deganda xarajatlarning kalkulatsiyalash 
obyektlari bo‘yicha analitik hisobi usullari va mahsulot(ish, xizmat)lar 
tannarxini hisoblash amallari tushuniladi.
Korxonalarda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xiz-
mat)lar tannarxini kalkulatsiyalashning quyidagi usullari qo‘llaniladi 
(10.9-rasm). 
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini 
kalkulatsiyalash usullari korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi 
lozim. U korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, qo‘llanilayotgan 
texnologiyalar, mahsulotlar assortimenti va hokazolarga bog‘liq.
Oddiy (jarayonli) usul
mahsulotlar nomenklaturasi cheklangan 
korxonalarda va tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaydigan yoki kam 
miqdorda mavjud bo‘ladigan korxonalarda qo‘llaniladi.
Masalan, ko‘mir sanoati korxonalarida 1 t ko‘mirning ishlab 
chiqarish tannarxi jami xarajatlarni qazib chiqarilgan ko‘mir miqdoriga 
bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Bunda shaxta ichida qolgan ko‘mir hisobga 
olinmaydi.


261 
Bo‘lakli (yarim fabrikatsiz) usul
sanoatning xomashyoni qayta 
ishlashda ketma-ket bir qancha alohida mustaqil ishlov berish fazalari – 
bo‘laklardan o‘tadigan korxonalarida qo‘llaniladi.
Bo‘lakli (yarim fabrikatsiz) usul ko‘pincha sanoatning metal-
lurgiya, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarida qo‘llaniladi. Masalan, 
qora metallurgiya sanoatida quyidagilar bo‘lak hisoblanadi: cho‘yanni 
eritish (domna pechi), po‘latni eritish (po‘lat eritish sexi), prokat ishlab 
chiqarish (prokat tsexi). 
10.9-rasm. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin