10.3. Kalkulatsiyaning turlari Kalkulatsiyalashning maqsadiga ko‘ra kalkulatsiya quyidagi
turlarga bo‘linadi (10.5-rasm):
10.5-rasm. Kalkulatsiya turlari. Reja (smeta) kalkulatsiya si alohida kalkulatsiya moddalari bo‘yicha
hisoblangan har bir buyum, mahsulot turi yoki guruhining tannarxi
bo‘lib, uning ko‘lami korxona tomonidan oldindan rejalashtirilgan
tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirgan holda nazorat qilib
boriladi. Shuning uchun mahsulot tannarxining reja kalkulatsiyasi
normativ kalkulatsiyadan past bo‘lishi lozim.
Normativ kalkulatsiya hisobot davri boshiga hisob-kitob qilinadi va
korxona kalkulatsiya tuzish paytida ishlab chiqarishning texnik darajasi
va mavjud texnologiyadan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan norma
va normativlarni hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulot
birligiga moddalar bo‘yicha sarflaydi.
Kutilayotgan (provizor) kalkulatsiya qishloq xo‘jalik korxonalarida
1-oktabrga, dastlabki uch choraklik (to‘qqiz oy) ichida qilingan haqiqiy
xarajatlar va olingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar hamda to‘rtinchi
chorakda kutilayotgan xarajatlar va olinadigan mahsulotlarning taxminiy
hisobi asosida tuzadilar. U har bir tarmoqning va butun xo‘jalikning
joriy yildagi ishlab chiqarish natijalarini oldindan aniqlashda katta
ahamiyatga ega.
Haqiqiy (hisobot) kalkulatsiya si hisobot davridagi muayyan mah-
sulot turiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy xarajatlarning miqdoridir. U bir
vaqtning o‘zida normativ yoki reja kalkulatsiyasi bo‘yicha tannarxdan
chetga chiqishlarni hisoblash uchun qo‘llaniladi.
Kalkulatsiya turlari
Normativ
kalkulatsiya
Kutilayotgan
(provizor)
kalkulatsiya
Haqiqiy (hisobot)
kalkulatsiya
Reja (smeta)
kalkulatsiya
258
Haqiqiy tannarx bilan reja tannarxini o‘zaro solishtirish mahsulot
tannarxi rejasini nazorat qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini
topishda muhim ahamiyatga ega.