265
Bunday kartochkalar buyumlar va ushbu buyumlarni tayyorlashda
ishtirok etuvchi bo‘linmalar bo‘yicha tuziladi.
«Standart-kost» tizimining afzalliklaridan biri shundan iboratki,
ushbu tizim doirasida hisob ro‘yxatdan chiqarish tamoyili bo‘yicha
yuritiladi, ya’ni faqat standartdan chetlanishlargina hisobga olinadi.
Korxona qanchalik barqaror faoliyat ko‘rsatsa
va ishlab chiqarish jara-
yonlari qanchalik standartlashgan bo‘lsa, hisob yuritish va kalku-
latsiyalash shunchalik osonlashadi.
Normativ usulni «Standart-kost» tizimi bilan taqqoslash quyidagi
xulosalarni yuzaga kilishiga imkon beradi:
har ikkala usulda xarajatlar normalar doirasida hisobga olinadi;
har ikkala usul xarajatlarni to‘liq hisobga olishni nazarda tutadi;
«Standart-kost» usuli bo‘yicha hisob yuritishda o‘rnatilgan
normalardan oshiqcha xarajatlar aybdor shaxslar yoki korxona moliya-
xo‘jalik faoliyati natijalariga olib boriladi
va normativ usuldagi kabi
ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shilmaydi;
«Standart-kost» usuliga ko‘ra joriy hisobda normalarni o‘zgar-
tirish ko‘zda tutilmaydi. Normativ usulda esa normalar o‘zgartirilishi
mumkin.
«Standart-kost» usulidan farqli ravishda an’anaviy normativ usul
realizatsiya jarayoniga yo‘naltirilmagan (ishlab chiqarish jarayoniga
qaratilgan), shuning uchun ham baho belgilashni asoslashga imkon
bermaydi.
«Standart-kost» tizimi alohida xodimlar
faoliyatini va butun
boshqaruv faoliyatini baholash uchun, budjetlar va turli prognozlarni
tayyorlash uchun foydalaniladi, asosli baholarni o‘rnatish bo‘yicha qaror
qabul qilishga yordam beradi.
Ushbu tizim rivojlangan mamlakatlarning barcha kompaniyalarida
keng qo‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: