«Direkt-kosting»
tizimining negizini o‘zgaruvchan xarajatlar
asosida mahsulotlar tannarxini hisoblash va marjinal daromadni aniqlash
tashkil etadi.
«Direkt-kosting» tizimi 1936-yilda amerikalik iqtisodchi Jonatan
Garrison (Jonatan Harryson) tomonidan yaratilgan.
Ushbu tizimga muvofiq tannarx tarkibida faqat bevosita xarajatlar
hisobga olinishi zarur. Hozirgi vaqtda direkt-kosting tizimi barcha
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Jumladan,
Germaniya va Avstriyada «xususiy xarajatlar hisobi», Buyuk Britani-
266
yada «marjinal xarajatlar hisobi», Fransiyada «marjinal buxgalteriya»
yoki «marjinal hisob» deb nomlangan.
Mamlakatimizdagi buxgalteriyaga oid adabiyotlarda «cheklangan
yoki qisqartirilgan tannarx hisobi» atamalari uchraydi.
Ushbu tizimni «buxgalteriya hisobining marjinal usuli» deb
nomlash eng maqbul hisoblanadi. Bu «direkt-kosting» tizimining asosiy
ko‘rsatkichi marjinal daromad ekanligi bilan izohlanadi(10.1-jadval).
Ushbu ko‘rsatkich yordamida zararsizlik nuqtasi, ya’ni rentabellik
ostonasi aniqlanadi, mahsulotlarni sotish uchun zarar ko‘rilmaydigan
baho aniqlanadi.
«Direct cost» bo‘yicha tuzilgan foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot
10.1-jadval
№
Ko‘rsatkichlar
Summa
1
Mahsulot sotishdan tushum
10 000
2
O‘zgaruvchan xarajatlar
7 000
3
Marjinal daromad (1-satr – 2-satr)
3 000
4
Doimiy xarajatlar
1 000
5
Foyda
2 000
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mahsulot sotishdan tushum va
o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi farq marjinal daromadni tashkil
etadi.
Doimiy xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shilmaydi, balki bevosita
korxona foydasini kamaytiradi.
«Direkt-kosting» tizimi korxona rahbariyati marjinal daromadning
o‘zgarishi butun korxona bo‘yicha hamda har xil buyumlar bo‘yicha
e’tibor qaratishga, ya’ni rentabelligi yuqori mahsulotlarni aniqlashga
yordam beradi.
«Direkt-kosting» tizimining afzalligi shundan iborat-ki, u tannarxni
faqat o‘zgaruvchan xarajatlardan tashkil topishi xarajatlarni norma-
lashtirish, budjetlashtirish, hisobga olish va nazorat qilishni soddalash-
tiradi. Chunki mahsulotlar tannarxi ancha shaffof, moddalar kesimida
keltirilgan xarajatlar yaxshiroq nazorat qilinadi.
«Direkt-kosting» tizimi ishlab chiqarishning bozor konyunkturasi
o‘zgarishiga javoban tez moslashishga imkon yaratadi. Shuningdek, u
bozor sharoitida korxona boshqaruv tizimining tarkibiy qismiga
aylanadi.
|