6-operatsiya. Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq
o‘tkazilgan 50 foizlik oldin to‘lov (bo‘nak) – 30 600 so‘m hisobga qabul
qilindi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» – 30 600 so‘m
K-t 4310-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘langan bo‘naklar» schoti – 30 600 so‘m.
7-operatsiya. Hisob-kitob schotidan qarzning qolgan qismini
qoplash uchun o‘tkazildi. Ushbu muomala natijasida mol yetkazib
beruvchilarga qarz kamayishi sodir bo‘ladi, shuning uchun 6010-«Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotining
debeti va pul mablag‘larini to‘lash natijasida 5110-«Hisob-kitob schoti»
ning krediti bo‘yicha kamayish sodir bo‘ladi.
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti 30 600 so‘m.
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti» 30 600 so‘m.
Ma’lumki, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblarning analitik hisobi har bir mol yetkazib beruvchi bo‘yicha
alohida yuritiladi. Misolni soddalashtirish maqsadida ushbu schot
bo‘yicha analitik schotlarning ma’lumotlari berilmagan. Mazkur misolni
keltirishdan maqsad ta’minot jarayonini hisobga olishning tegishli
schotlarda qanday aks ettirilishini ko‘rsatishdan iborat. Ko‘rinib
turibdiki, 1010-«Xomashyo va materiallar» schotida hamda unga
ochilgan analitik schotlarda ta’minot jarayonini aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlar keltirilgan. Shunday qilib, ushbu schot materiallar qiymati
qismining debet oboroti haqiqiy ta’minot hajmining miqdoriy
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ushbu misolni rasm ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin
(11.1-rasm).
Ta’minot jarayoni hisobining ko‘rsatkichlari korxonada ta’minot
rejasining bajarilishini nazorat qilish imkonini yaratadi. Buning uchun
haqiqiy sotib olingan materiallar reja bilan taqqoslanadi.
Haqiqiy transport-tayyorlov xarajatlarining belgilangan norma-
tivlariga mosligini ham shunday tarzda aniqlash mumkin. Ushbu
misolda materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha baholanib, transport-
278
tayyorlov xarajatlari esa alohida aks ettiriladi. Bunday tartib tovar-
moddiy qiymatliklarni hisobga olishning usullaridan biri hisoblanadi.