284
d) umumishlab chiqarish xarajatlari uchun
5 000 so‘m
Hammasi 100 000 so‘m .
Ushbu xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyati materiallar
sarflanishidan iborat. Shuning uchun ularning omborda kamayishini aks
ettirish kerak. 1010-«Xomashyo va materiallar»
schoti aktiv schot
bo‘lganligi uchun materiallarning hisobdan chiqarilishini ushbu schot
kreditida ko‘rsatish lozim. Ayni vaqtda sarflangan
materiallar qiymati
korxonaning mahsulot ishlab chiqarishga doir joriy xarajatlarining bir
qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni yakunlanganidan so‘ng
ushbu materiallar qiymati boshqa
xarajatlar bilan birgalikda
tayyorlangan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti aktiv bo‘lib, ishlab chiqarishga
sarflangan materiallar
qiymati uning debetida, har bir analitik schot,
ya’ni «A» va «B» mahsulot bo‘yicha alohida aks ettirilishi lozim.
Sarflangan materiallar asosiy xarajat bo‘lganligi
uchun ular har bir
mahsulot tannarxiga bevosita qo‘shiladi.
Umum ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar asosan ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha sarflanadi. Ularning
shakllanishi 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotining debeti
bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu schot aktiv va yig‘ib-taqsimlovchi schot
hisoblanadi. Ushbu muomala buxgalteriya
hisobi schotlarida quyi-
dagicha aks ettiriladi:
Debe
t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti – 95 000 so‘m.
Shu jumladan:
«A» mahsulot uchun
45 000 so‘m
«B» mahsulot uchun
50 000 so‘m
Debet 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti - 5 000 so‘m
Kredit 1010-«Xomashyo va materiallar» schoti – 100 000 so‘m
9-operatsiya.
Materiyallar qiymatidagi farqlarning oy davomida
sarflangan materiallarga tegishli summasi hisobdan chiqarildi.
Bu
hisobot davrida sarflangan materiallarning
haqiqiy tannarxini hioblash
maqsadida amalga oshiriladi.
1610-«Materiallar qiymatidagi farqlar» schoti bo`yicha hisobot
oyidagi farq summalar 4200 so‘mni tashkil etgan. 1010
Dostları ilə paylaş: