279
Buxgalteriya hisobining umumiy nazariyasi bo‘yicha yozilgan
ba’zi adabiyotlarda ta’minot jarayonini hisobga
olish tavsiflanganda
asosiy vositalarni yoki nomoddiy aktivlarni sotib olish, shuningdek,
ularning pudratchilar tomonidan yoki korxonaning o‘z kuchi bilan
qurilishi masalalari nazarga olinmaydi.
Bizning fikrimizcha, asosiy
vositalarni sotib olish, qurish va montaj qilish ishlari ham materiallarni
tayyorlash kabi ta’minot jarayoniga kiradi. Shuning uchun ham ta’minot
jarayonini hisobga olish ta’riflanganda asosiy
vositalar va nomoddiy
aktivlar ta’minotini qo‘shib izohlash maqsadga muvofiqdir.
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schotlar korxonaning asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar, xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, qurilish
materiallari va o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar bilan qay
darajada ta’minlanganligi, sotib olingan, qurilgan,
ishlab chiqarilgan
mehnat qurollari va buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli
ma’lumotlar beradi va ular ustidan to‘la nazorat o‘rnatadi.
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
xomashyo va
materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining
haqiqiy tannarxi mol yetkazib beruvchilarning schot-fakturasida
ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot tashkilotlariga to‘langan ustamalar,
transportga yuklash
va tushirish chiqimlari, tashib keltirish uchun
transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini tayyorlash bilan
bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish yo‘lidagi
tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: