9. Buxgalterlik hisobini shakli deb …
A) metod elementlariga aytiladi.
B) hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketlik va bajarilishi
texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga aytiladi.
C) xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda qayd qilish va guruhlashga aytiladi.
D) hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash usuliga
aytiladi.
E) ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash jarayoniga aytiladi.
342
10. Buxgalteriya hisobining qanday tashkiliy shakllari bor?
A) operativ-texnik, statistik va buxgalterlik hisobi.
B) oddiy va murakkab.
C) markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan va aralash.
D) mayda va yirik.
E) moliyaviy va boshqaruv hisobi.
11. Buxgalteriya hisobining qanday asosiy shakllari bor?
A) asosiy shakl va qo‘shimcha shakl.
B) aktiv va passiv shakllar
C) memorial-order, jurnal order, avtomatlashtirilgan shakl, soddalash-tirilgan
shakl
D) markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan.
E) uyg‘unlashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan.
12. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida balans nimaga asosan
tuziladi?
A) bosh daftar
B) jurnal-orderlar
C) memorial-orderlar
D) oborot qaydnomalari
E) bosh jurnal
13. Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining tuzilishida qanday belgi
asos bo‘ladi?
A) debet
B) kredit
C) debet va kredit
D) qoldiq (saldo)
E) tranzit
14. Hisob registrlarida schotlar korrespondensiyasi to‘g‘ri tuzilib,
summa kamaytirib yozilganida tuzatish qanday usul bo‘yicha amalga
oshiriladi?
A) korrektura
B) qo‘shimcha yozuv
C) «qizil storno»
D) bekor qilish
E) ustidan chizish
|