447
Yaroslav Vyacheslavich Sokolov (1938-yilda tug‘ilgan) – buxgalterlar
sulolasining uchinchi avlodi, Rossiya professional buxgalterlari institutining
prezidenti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilish bo‘yicha
idoralararo komissiya raisining muovini. U 1959-yili F.Engels nomli
Leningrad savdo institutining hisob-iqtisod fakultetini tamomlagan. 1976-
yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan
va shu yilning kuzida unga
professor ilmiy unvoni berilgan. Uning ilmiy qiziqish sohasi buxgalteriya
hisobining fundamental asoslarini va uning rivojlanish
tarixini tadqiq qilish
bilan bog‘liq. Y.V.Sokolov 300 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi bo‘lib, bu
asarlarning ko‘pchiligi AQSH, Xitoy, Shvetsariya, Polsha,
Chexiya va
dunyoning boshqa mamlakatlarda chop etilgan.
Y.V.Sokolov o‘quv-uslubiy ishlarga va buxgalteriya hisobi va nazorat
sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib qilishga katta e’tibor
berib kelmoqda,
ommaviy axborot vositalarida buxgaterlik kasbining obro‘-sini ko‘tarishga
qaratilgan chiqishlari bilan qatnashmoqda.
Dostları ilə paylaş: