R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

 
Iogan Fridrix Sher
(1846–1924) – shvetsariyalik 
buxgalter, buxgalteriya amallarini ikki qator schotlarning 
(aktiv va passiv) shaklan nazariyasidan kelib chiqqan holda 
matematik bayon qilgan. U hisob balansdan boshlanadi va 
undan schotlar kelib chiqadi; sintetik schotlar bo‘yicha 
yozuvlar analitik schotlar bo‘yicha yozuvlarga qaraganda katta 
ishonchga sazovor deb hisoblagan. Balansni, xususan oborot 
mablag‘larini tahlil qilish, «zarar ko‘rmaslik nuqtasi»ni topish, 
xarajatlar sig‘imini hisoblab chiqarish va boshqalar ustida ham 
ulkan izlanishlar olib borgan. U hisobchilikning kartochka 
shaklini tashviqot qilgan. 


444 
Schotlar balansga munosabatiga ko‘ra aktiv va passiv schotlarga 
bo‘lingan. Ularning tomonlari qarama-qarshi hisoblangan: aktiv schotning 
debetida – ko‘payish, kreditida kamayish, passiv schotlarda esa aksincha. 
Shuningdek, Germaniya maktabida G. Niklish, E. Shmalenbax, 
F.Gyugli va boshqalar buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa 
qo‘shganlar. 
Fridrix Gyugli (1833–1902) – shvetsariyalik buxgalter, kameral 
buxgalteriyani eng to‘liq bayon qilgan va uni buxgalteriya hisobi digrafik 
patrimonal tizimining an’anaviy qoidalari bilan uyg‘unlash-tirishga harakat 
qilgan. Uyg‘unlashtirishning mohiyati pul mablag‘larini hisobga olish 
tizimiga, ularning tayinlanish (rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar) va 
bajarilishi (haqiqiy daromadlar va xarajatlar)ni bir-biridan ajratish bilan 
bog‘liq bo‘lgan nazorat muomalalarini kiritishdan iborat. Ushbu yondashuv 
konstant buxgalteriya nomini olgan. Gyugli birinchilardan bo‘lib hisobchilik 
shakllarini tahlil qilgan. 
Shunday qilib, Germaniya maktabida balansshunoslik yo‘nalishi 
vujudga kelgan, iqtisodiy tahlil rivojlangan, tannarx hisoblash bo‘yicha 
Genrix Niklish
(1876–1946) – nemis buxgalteri, statik 
balans nazariyasining asoschisi. Ushbu nazariyaga muvofiq, 
balans korxona ixtiyoridagi mol-mulklarning qiymati aniq 
hisoblab chiqariladi. Bu mol-mulklar balans tuziladigan sanada 
sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda taqdim etilgan bo‘lishi lozim. 
G.Niklish balans faqat shundagina korxonaning haqiqiy 
moliyaviy ahvolini aks ettiradi deb hisoblagan. U balansning 
asosiy vazifasi kreditorlar manfaatini himoyalash deb faraz 
qilgan. Bunda u korxona foydasini nafaqat o‘z kapitalini, balki 
tashqaridan jalb qilingan kapitalni ham ishlatishning natijasi 
sifatida o‘rgangan. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin