73
o‘zida yetishtiriladigan urug‘lik, yem-xashak va yosh chorva mollari
–
chakana bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot
tashkilotlarida esa chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati bo‘yicha
aks ettiriladi.
Aktivda moddiy mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi
mablag‘lar, pul mablag‘lari, debitorlar kelgusi davr uchun sarflangan
mablag‘lar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) mablag‘lar, passivda
esa ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan
foyda, budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor
qarzlari, berilmagan mehnat haqi va daromadni taqsimlash bo‘yicha
majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo‘ladi.
Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning
tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning
tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy
tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
Dostları ilə paylaş: