102
Passiv schot
Debet Kredit
Kamayish (-)
Boshlang‘ich qoldiq
Ko‘payish (+)
Oborot
Oborot
Oxirgi qoldiq
5.2-rasm.
Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit
(schotning o‘ng tomoni) tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni
bajaradi.
Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi,
kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. Passiv schotlarda,
aksincha,
mablag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va ko‘payishi kreditida,
kamayishi esa debetida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga
ko‘pincha «saldo» so‘zi ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib,
aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noni bildiradi.
Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq
boshlang‘ich
saldo
deb ataladi. Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga
bo‘lgan qoldiq
oxirgi
saldo
deb ataladi. Agar schotning debeti bo‘yicha
oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p
bo‘lsa, u holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq
joylashgan chap tomonida ko‘rsatiladi.
Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birinchi sanasiga hisoblab
chiqariladi. Schotda boshlang‘ich qoldiq bo‘lgan hollarda yangi (oxirgi)
qoldiq schotning boshlang‘ich qoldig‘i ko‘rsatilgan
tomondagi oborot
yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama-
qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi
qoldiq bo‘lmagan, ya’ni u nolga teng bo‘lgan
hollarda schot yopilgan
hisoblanadi.
Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hisobot
davri bo‘yicha hisoblab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda
ularning qoldiqlarini boshqa schotga o‘tkazish. Masalan, 9000-«Asosiy
(operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9010,
9020, 9030) qoldiqlari har oy oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija»
schotiga o‘tkazish bilan yopilishi lozim;
103
hisobga olinadigan obyektning mohiyati bilan bog‘liq. Masalan,
korxonada yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish
bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar uchun joriy
oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi
sababli, ma’lum bir mahsulot tannarxiga qo‘shilishi mumkin emas.
Shuning uchun bunday xarajatlar 3100-«Kelgusi
davr xarajatlarini
hisobga oluvchi schotlar»ning debetida to‘plab boriladi. Ishlab
chiqarish
yo‘lga qo‘yilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng
mazkur schotlarda to‘plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo‘yicha
teng ulushlarda mahsulotlar turlarining tannarxiga taqsimlanadi.
Xarajatlar
hisobdan
chiqarilgandan
so‘ng
3100-«Kelgusi
davr
xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi;
ayrim turdagi xarajatlarni, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil
etish va boshqarish xarajatlarini hisobga olishga oid amaldagi me’yoriy
hujjatlar bilan bog‘liq. Masalan, 2510-«Umumishlab chiqarish
xarajatlari» schoti unda yig‘ilgan xarajatlarni har oyda kalkulatsiya
obyektlariga taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi.
Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga
mos kelganligi sababli
balans schotlari
deb ham ataladi. Bu esa balans
va schotlar o‘rtasida hisob obyektlarini turkumlashning yagona iqtisodiy
tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida
xulosa
qilishga asos bo‘ladi (buxgalteriya balansi, schotlar va ikki yoqlama
yozuv usullarining o‘zaro bog‘liqligi 5.8-bo‘limda batafsil yoritilgan).
Dostları ilə paylaş: