119
5.6. Schotlar korrespondensiyasi
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda aks ettirish
natijasida schotlar
o‘rtasida o‘zaro aloqa yuzaga keladi. Masalan, 5010-«Milliy valutadagi
pul mabag‘lari» schoti 5110-«Hisob-kitob schoti», 6710-«Mehnat haqi
bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» va b. schotlar bilan korrespon-
densiyalanishi mumkin. Bu o‘zaro aloqa
schotlar korrespondensiyasi
deyiladi. Bunday aloqadorlik muayyan xo‘jalik muomalasining iqtisodiy
mazmunidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi va ko‘pincha
dastlabki
hujjatning o‘zida ko‘rsatiladi. Keyinchalik bu mazkur xo‘jalik muoma-
lasini tegishli hisob registriga yozishni osonlashtiradi.
Schotlar korrespondensiyasini hisobda aks ettirishning mazmuni
mazkur xo‘jalik muomalasi bo‘yicha summani
qaysi schot debeti va
qaysi schot kreditida aks ettirishdan iborat. Shuning uchun ushbu
qoidani amalga oshirishda schotning debetiga yozish uning bilan
korrespondensiyalanadigan schotning krediti bo‘yicha
aks ettirish
tamoyiliga qat’iy rioya qilinishi lozim. Xo‘jalik muomalasi bir schotning
debetiga yozilganida, bir vaqtda uning bilan debeti bo‘yicha
korrespondensiyalanadigan schot ham ko‘rsatiladi. Ushbu tamoyildan
kelib chiqqan
holda dastlabki hujjatda
«korrespondensiyalanuvchi
schot»
grafasini
«schot»
va
«analitik schot kodi»
(masalan, uskunalarni
qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma №AV-14shakl) degan ikkita grafaga
bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. Boshqa hujjatlarda («Asosiy vositalarni
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (yuk-xati)» №AV-1 va b.) mazkur
tamoyil yuqorida ko‘rsatilgan ikkita grafa
«debet»
va
«kredit»
grafalarining tarkibida bo‘lganda amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi tizimida schotlar korrespondensiyasini qo‘l-
lash har bir yozuvning mohiyatini oydinlashtirish va xo‘jalik muoma-
lasining iqtisodiy mazmunini tushunishga imkon beradi.
Agar schotlar
orasidagi bunday aloqadorlik bo‘lmasa, u holda bunday schotlar kor-
respondensiyalanmaydi. Masalan, 6520- «Maqsadli davlat jamg‘arma-
lariga to‘lovlar» schoti o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra 8300- «Ustav
kapitalini hisobga oluvchi schotlar (8310, 8320, 8330)» bilan, 0100-
«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar (0110-0199)» 2980-«Savdo
ustamasi» schoti bilan bog‘lanishi mumkin emas.
Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: