120
5.7. Buxgalteriya yozuvi (provodkasi)
Xo‘jalik muomalalarini schotlarga
yozish uchun hujjatlarda
debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar ko‘rsatiladi, ya’ni buxgalteriya
yozuvi (schot formulasi) tuziladi. Demak, debetlanuvchi va kreditla-
nuvchi schot va aks ettiriladigan xo‘jalik
muomalasining summasini
ko‘rsatishga
buxgalteriya yozuvi
(provodkasi) deyiladi.
Buxgalteriya yozuvini tuzish uchun nafaqat ma’lum bilimlar
yig‘indisiga ega bo‘lish, balki uni rasmiylashtirish
ketma-ketligini ham
bilish zarur. Eng avvalo, muayyan xo‘jalik
muomalasining iqtisodiy
mohiyatini aniq tushunish kerak. Faqat shunday tushuncha asosida
mazkur muomala qaysi ikkita korrespondensiyalanuvchi
schotlarda aks
ettirilishini aniqlash mumkin. Umuman buxgalteriya yozuvini tuzishda
quyidagi tartibga rioya qilish zarur (5.4-rasm).
Masalan, korxona shartnomada ko‘rsatilgan summaning ma’lum
qismi oldindan to‘langanidan so‘ng,
mol yetkazib beruvchilardan
materiallar sotib olgan va omborga kirim qilgan. Demak, xaridor-
korxonada mol yetkazib beruvchi tashkilot
oldida sotib olingan
materiallar va oldindan to‘langan summa o‘rtasidagi farqqa majburiyat
vujudga keladi. Bu qarz kapital bo‘lib, uni
xaridor oldindan tuzilgan
shartnoma bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlarga muvofiq qoplashi
lozim. Xo‘jalik muomalasining mohiyati va iqtisodiy mazmuni shundan
iborat. Omborda rasmiylashtirilgan kirim hujjati va schot-fakturaga ega
buxgalter oldida mazkur xo‘jalik muomalasini qaysi bosqichda
rasmiylashtirish masalasi yuzaga keladi:
Dostları ilə paylaş: