III. Realizatsiya jarayoni va yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schotlar 9000
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi
schotlar (9010-9050)
9100
Sotilgan mahsulot(tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga
oluvchi schotlar (9110-9150)
9200
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini
hisobga oluvchi schotlar (9210, 9220)
9300
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga
oluvchi schotlar (9310-9390)
9400
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar (9410-9440)
9500
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar
(9510-9590)
9600
Moliyaviy faoliyat xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar
(9610-9690)
9700
Favqulodda foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schotlar (9710,
9720)
9800
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini
hisobga oluvchi schotlar (9810, 9820)
9900
Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar (9910)
6.4. Schotlarni tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlash Buxgalteriya hisobi schotlarini tayinlanishi va tuzilishiga qarab
tasniflashda bu schotlarning nima uchun xizmat qilishi, ularning debet
va kredit oboroti hamda qoldig‘ining qanday mazmunga egaligi hisobga
olinadi. Bunday turkumlash xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda
schotlardan to‘g‘ri foydalanish zarurligini aniqlashga yordam beradi.
Schotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab guruhlanishini o‘rganish
buxgalteriya schotlarida xo‘jalik muomalalarini ikkiyoqlama yozuv
usulini o‘zlashtirishga katta yordam beradi. Buxgalteriya hisobi
schotlarini tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlash, ularning
iqtisodiy turkumlanishini buxgalteriya hisobini ilmiy yo‘lga qo‘yish
qismida to‘ldiradi.
Buxgalteriya hisobi schotlari o‘zlarining tayinlanishi va tuzilishiga
qarab quyidagilarga bo‘linadi:
1.
Asosiy schotlar.
2.
Tartibga soluvchi schotlar.