1. Asosiy schotlar xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalarini hisobga olish hamda nazorat qilish uchun tayinlangandir.
Ularning asosiy deb atalishiga sabab ularda aks ettiriladigan buxgal-
teriya hisobining obyektlari – xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari
xo‘jalik faoliyatining asosi bo‘lib, bularsiz birorta xo‘jalik jarayonini
amalga oshirish mumkin emas.
Asosiy aktiv schotlarda fondlarning ahvolini va o‘zgarishini,
moliyalashtirish, korxonaning majburiyatlari va kreditorlar bilan
hisoblashuvlarni hisobga olish uchun tayinlangan. Bularga «Ustav
fondi», «Bankning qisqa muddatli ssudalari», «Xodimlar bilan mehnatga
haq to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar» va boshqa schotlar kiradi.
2. Tartibga soluvchi schotlar . Ma’lumki, asosiy schotlarda
xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va hisob-kitoblar
aks ettirilib hamda xususiyatiga qarab guruhlashtiriladi. Bu schotlarda
aks ettirilgan mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari tegishli
ma’lumotlar yordamida aniqlashtirish zarurati tug‘ilib qoladi. Masalan,
asosiy vositalar qabul qilingandan to foydalanishga yaroqsiz deb topilib,
hisobdan chiqarilgunga qadar «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schotlar» deb atalgan asosiy aktiv schotlarda boshlang‘ich qiymati
bo‘yicha hisobga olinib boriladi. Asosiy vositalar foydalanish jarayonida
eskiradi va ularning bu eskirgan qismi ishlab chiqarilgan mahsulot
(bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) tannarxiga amortizatsiya ajratmasi
ko‘rinishida bo‘laklab qo‘shib boriladi. Xo‘jalikka rahbarlik qilish va
uni boshqarish uchun «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar»
schotlar ma’lumotlarini asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi
qo‘shimcha ma’lumotlar bilan taqqoslash kerak bo‘ladi.
Bunday ma’lumotlarni olishda
tartibga soluvchi schotlar deb
nomlangan bir guruh schotlardan foydalaniladi.
Tartibga soluvchi schotlar boshqa buxgalteriya schotlarida aks
ettirilgan ko‘rsatkichlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Bunday
schotlardan foydalanish hisobda to‘la va aniq ma’lumotlar olish
zaruriyatidan kelib chiqqan bo‘lib, hisob obyektlarini buxgalteriya
schotlarida ikki bahoda, ya’ni balans qiymati va qoldiq qiymati bo‘yicha
aks ettirish imkoniyatini yaratib beradi.
160
Tartibga soluvchi schotlar ikki guruhga bo‘linadi:
a) to‘ldiruvchi schotlar; b) kontrar schotlar.