2
R.D.Dusmuratov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. –T.: « », 2020, 495
bеt.
Darslikda buxgalteriya
hisobining asosiy huinsiplari, uning bozor iqtisodiyoti
sharoitidagi roli batafsil bayon etilgan. Shuningdek, hisobning
ahamiyati va axborotdan
foydalanuvchilarning har xil toifalari uchun taqdim etiladigan ma’lumotlar batafsil
yoritilgan.
Buxgalteriya hisobining mohiyati,
maqsadi va vazifalari, predmeti va uslubi,
balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda
yoritilgan. Buxgalteriya hisobining schotlari
va ikki yoqlama yozuv, analitik va sintetik
hisobning xususiyatlari kabi o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan masalalar tushunarli va
batafsil bayon qilingan.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni baholash, kalkulatsiyalash uslublari va
ta’minot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga
olishning xususiyatlarini
yoritish muhim o‘rin egallagan. Hujjatlashtirish, inventarizatsiya,
hisob registrlari va
shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati yetarli darajada bayon etilgan.
Korxonaning hisob siyosati, buxgalteriya hisobini milliy va xalqaro standartlarga
muvofiq isloh qilish masalalari alohida o‘rin tutadi.
Darslikdagi barcha materiallar yangi
normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan,
buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida bayon qilingan.
Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audit» va 5233100-«Agrosanoatda
buxgalteriya hisobi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari,
magistrantlar va
o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, kitob
amaliyotdagi buxgalter-
iqtisodchilar, tadbirkorlar va korxona rahbarlari uchun ham foydali qo`llanma bo‘ladi deb
o‘ylaymiz.