171
II qism. Joriy aktivlar
II bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralar
Ushbu bo‘limning schotlari quyidagilarning mavjudligi va harakati
to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan:
a) mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlar bajarish va xizmatlar
ko‘rsatish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan xomashyo
zaxiralari, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va
butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idishlar, ehtiyot qismlar, inventar va
xo‘jalik jihozlari, boshqa materiallar;
b) tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar
ko‘rsatish;
d) tayyor mahsulotlar;
e) korxonaning odatdagi faoliyati davomida sotish uchun
mo‘ljallangan tovarlar.
Tovar-moddiy zaxiralari hisobini tashkil qilishda ularning tarkibi,
holati, harakati, miqdori, xarid qilinishi, qayta baholash tartibi va
hokazolarga e’tibor qaratish lozim. Hisob ma’lumotlari mahsulot tannar-
xini pasaytirish imkoniyatlarini qidirib topish, moddiy qiymatliklardan
tejamli foydalanish, xarajat me’yorlarini kamaytirish, ularni tegishli
holatda saqlash va ularning butligini ta’minlash to‘g‘risidagi
axborotlardan iborat bo‘lishi lozim.
III bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar –
joriy qismi
Ushbu bo‘limga 3100 – «Kelgusi davr xarajatlarini hisobga
oluvchi schotlar» va 3200 – «Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi
schotlar» kiritilgan.
1-§. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar.
Ushbu schotlar ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo
joriy qismi kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo‘lgan xarajatlar
to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
2-§. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar.
Ushbu schotlar vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan
daromad (foyda) solig‘i va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi
bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: