172
IV bo‘lim. Olinadigan schotlar – joriy qismi Ushbu bo‘limning schotlari quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan:
a) xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar;
b) olingan veksellar;
d) ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram jamiyatlaridan olina-
digan schotlar;
e) turli yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan bo‘naklar;
f) xodimlar, ta’sischilar va turli debitorlarning qarzlari.
Chet el valutasida olinadigan schotlar ushbu bo‘limning schot-
larida so‘mda chet el valutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma
olingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi
bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan hisobga olinadi. Debitorlik qarz-
larini har oyda hisobot oyining oxirgi sanasidagi O‘zbekiston Respub-
likasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta baholash natijasidagi kurs
farqlari (kurs farqidan ijobiy bo‘lganda) 9540-«Valuta kurslari farqidan
daromadlar» yoki (kurs farqi salbiy bo‘lganida) 9620-«Valutalar kursi
farqidan zararlar» schotiga olib boriladi.
V bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar Ushbu bo‘limning schotlari korxonaga tegishli bo‘lgan kassadagi
mavjud milliy va chet el valutasidagi, O‘zbekiston Respublikasi hududi
va xorijdagi banklar schotlaridagi pul mablag‘lari, pul ekvivalentlari,
qimmatli qog‘ozlarga qilingan qisqa muddatli qo‘yilmalar, shuningdek,
kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar va boshqa
joriy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu bo‘limdagi schotlarda chet el valutasidagi pul mablag‘lari
va ularga tegishli operatsiyalar milliy valutada – so‘mda, chet el
valutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma olingan sanadagi
O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash
orqali hisobga olinadi. Pul mablag‘lari qoldig‘ini hisobot oyining oxirgi
sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha
173
qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (kurs farqidan ijobiy bo‘lganda)
9540-«Valuta kurslari farqidan daromadlar» yoki (kurs farqi salbiy
bo‘lganida) 9620-«Valutalar kursi farqidan zararlar» schotiga olib
boriladi.