ko`nikmalariga ega bo`lasiz.
185
7-bob. XO‘JALIK OPERATSIYALARINI HUJJATLASHTIRISH
Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, hujjat keltiring.
Qur’oni Karim, Baqara
sur’asi, 111-oyatidan.
7.1. Dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning
turkumlanishi
Xo‘jalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish
kuzatish, o‘lchash va ro‘yxatga olish
orqali amalga oshiriladi. Kuzatish
orqali korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini tashkil etuvchi
ko‘p sonli va turli xil faktlar olinadi Bu faktlarni esa ma’lum o‘lchov
birliklarida ifodalash hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib qayd
qilib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga baho berish uchun
zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Hujjatlashtirish
buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan
biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda
dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini
isbotlashdan iboratdir
.
Buxgalteriya hujjati
– bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda
mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini
isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma
guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki
sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi
kerak.
Dastlabki kuzatish
Hisobning maqsad
va vazifalaridan
kelib chiqqan holda
iqtisodiy hodisalar
faktlarini baholash
va tanlash mezonlari
Hisobda aks
ettiriladigan
obyektlar va
hodisalarni bir xil
talqin qilish
Iqtisodiy hodisalar
faktini kuzatish,
o‘lchash va
rasmiylashtirishni
vaqt oralig‘ida
muvofiqlashtirish
Iqtisodiy
hodisalarni, ularga
keyinchalik ishlov
berish uchun
kuzatish va uzatish
ustidan nazorat
o‘rnatish
186
Ma’lumotlar hisob hujjatlaridan tashqari yumshoq disk, lazerli disk
(CD ROM)da ham aks ettiriladi. Ulardan xo‘jalik muomalalari to‘g‘ri-
sidagi
ma’lumotlarni
olish
va
ularni
ishlashda
korxonalarda
qo‘llaniladigan texnik vositalarga qarab foydalaniladi. Avtomatlashti-
rilgan ishlov berish uchun buxgalteriya hujjatlarida maxsus zaruriy
qismlar (rekvizitlar) beriladi (korxonaning va bo‘linmalarining xos
raqamlari (kodlari) va boshqalar).
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va
tahlil qilishda ulkan
iqtisodiy
va
huquqiy
ahamiyatga ega.
Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni
olish, xo‘jasizlik hollarini aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda
buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir. To‘g‘ri tashkil
etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suiiste’mol qilish hollarini
aniqlabgina qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi.
Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy ahamiyatga ham egadir. O‘z
vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik
muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir.
Ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslar bilan da’volar va
har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil sifatida hamda hisob
yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari
xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lganligi yoki uni amalga oshirish
huquqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik
muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda
ishonchliligini tekshirishda muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun
hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q
degan qoida har bir buxgalter
uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning
yo‘qligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi
subyektning o‘z xodimlari, investorlari, aksiyadorlari, davlat nazorat
(ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib
kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga
qabul qilinishi mumkin:
—
to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan;
—
xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar
tomonidan imzolangan.
Shunday qilib, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va
tekshirishni bilish – buxgalterlarning malakali ishlashining asosidir.
|