R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


tayinlanishi, axborotlarni shakllantirish



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

tayinlanishi, axborotlarni shakllantirish 
tartibi, muomalalarni qamrab olish usuli, axborot ta’minoti tizimidagi 
maqomi, tuzilgan joyi, qatorlar (pozitsiyalar) soni, bir turdagi 
muomalalarni 
rasmiylashtirish 
va 
to‘ldirish 
usuliga 
ko‘ra 
turkumlanadi (6.1-rasm). 
Tayinlanishi bo‘yicha hujjatlar to‘rtta guruhga bo‘linadi: 
1.
Farmoyish hujjatlari. 
2.
Isbotlovchi hujjatlar. 
3.
Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar. 
4.
Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar.
Farmoyish hujjatlari
xo‘jalik rahbarlarining biron xo‘jalik 
muomalasini amalga oshirishga xizmat qiladigan farmon berishi uchun 
tayinlangandir. 
Farmoyish hujjatlariga mol yetkazib beruvchilardan moddiy 
boyliklar olish uchun ishonchnoma, bankdan kassaga naqd pul olish 
uchun yozilgan cheklar, vakolatnomalar, qarorlar va boshqa hujjatlar 
kiradi. Farmoyish hujjatlarida berilayotgan topshiriqning mazmuni, 
bajarilish muddati va tartibi, shuningdek, bajaruvchi shaxs ko‘rsatilgan 
bo‘lib, bu hujjatlar yordamida xo‘jalik muomalalari schotlarda aks 
ettirilmaydi, balki korxona rahbarining xodimlar faoliyati ustidan 
nazorat o‘rnatishi ta’minlanadi. 
Isbotlovchi hujjatlar
deb ma’lum bir xo‘jalik muomalasining 
amalga oshirilganligini isbotlaydigan hujjatlarga aytiladi. Isbotlovchi 
hujjatlar sodir etilgan xo‘jalik muomalasi uchun mas’ul shaxslar 
tomonidan tuziladi va imzolanadi. Ular hujjatining to‘ldirilishi uchun 
ham mas’ul hisoblanadilar. Bunday hujjatlar korxona rahbari (yoki 
imzolash vakolati berilgan rahbar xodim) imzosi bilan tasdiqlangan 
bo‘lishi shart. 
Isbotlovchi hujjatlarga asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish 
dalolatnomasi, dag‘al va shirali ozuqalarni qabul qilish dalolatnomasi, 
qabul qilish pattalari (kvitansiyalari), ombor mudirining hisoboti, schot-


189 
fakturalar, to‘lov vedomostlari va boshqalar kiradi. Bu hujjatlar asosida 
xo‘jalik muomalalari schotlarda aks ettiriladi. 
Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar
deb, korxonada 
sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalasini amalga oshirishga asos bo‘la 
olmaydigan, lekin buxgalteriya xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobi 
registrlariga yozish uchun tuzilgan ayrim hisob-kitob va ma’lumot-
nomalarga aytiladi. 
Bularga umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomosti, 
asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash vedomosti va boshqa 
buxgalteriya xodimlari tomonidan tuzilgan rasmiylashtirish hujjatlari 
kiradi. 
Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar
deb farmoyish va isbotlovchi 
hujjatlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan hujjatlarga 
aytiladi. Bularga nakladnoylar, yem-xashak sarflash vedomostlari, kassa 
kirim va chiqim orderlari va boshqa hujjatlar kiradi. 
Uyg‘unlashtirilgan hujjatlarga xo‘jalik muomalasining sodir 
bo‘lganligini isbotlovchi va uni schotlarda aks ettirish tartibini 
ko‘rsatuvchi hujjatlar ham kiradi. Masalan, bo‘nak (avans) hisobotida, 
birinchidan, qilingan sarflar ularni isbotlovchi hujjatlarga asoslangan 
holda ko‘rsatilsa, ikkinchidan, mazkur sarflar qaysi schotlarda aks 
ettirilishi ko‘rsatiladi. Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar farmoyish, isbotlov-
chi va buxgalteriyada rasmiylashtirish funksiyalarini bajarganligi sababli 
yozuvlar soni kamayadi va hujjatlarga buxgalteriyada ishlov berish 
osonlashadi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin