193
korxonalarda bir turdagi xo‘jalik muomalalarini
rasmiylashtirish uchun
mo‘ljallangan
hujjatlardir.
Unifikatsiyalangan
hujjatlarga
avans
hisobotlari, to‘lov topshiriqnomalari, kassa kirim va chiqim orderlari va
shunga o‘xshashlar misol bo‘ladi. Ular mulkchilik shaklidan qat’i nazar
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
korxonalarda qo‘llanilishi majburiydir.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish unifikatsiyalangan dastlab-
ki hujjatlarni va ularning elektron versiyalarini
ishlab chiqish hamda
qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Hujjatlarni unifikatsiyalash hujjatlashtirishni tartibga solishga olib
keladi. U
hujjatlarni standartlashtirish, ya’ni ular blankalarining bir xil
hajmlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu
hujjatlarni tayyorlash uchun qog‘oz sarfini kamaytiradi, ularni ishlash va
saqlashni soddalashtiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga kiritilmagan
hujjatlar boshqa
hujjatlar toifasiga kiradi. Boshqa hujjatlarga jamlovchi hujjatlar: asosiy
vositalar eskirishini
hisob-kitob vedomosti, savdo ustamalarini sotilgan
va sotilmagan tovarlar o‘rtasida taqsimlash
vedomosti va boshqalar
kiradi.
Dostları ilə paylaş: