R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

farmoyish hujjati
, shuningdek, 
dastlabki, bir martalik
va 
bir qatorli
hujjat bo‘lib hisoblanadi; guruhlovchi vedomost 
buxgalteriyada 
rasmiylashtiriladigan, yig‘ma, bir martalik hujjat
; limit zabor kartasi 
isbotlovchi, farmoyish, dastlabki
va 
yig‘ma hujjat
bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» 
qonunining 13-moddasiga muvofiq: 
«pul, tovar-moddiy boyliklarni va 
boshqa boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladigan hujjatlar, kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek 
moliyaviy va boshqa hisobotlari buxgalteriya hisobi sub`ektining 
rahbari tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan 
imzolanadi». 
Shuningdek, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish va 
subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan 
shaxslarning lavozimi va buxgalterlik funksiyalari hamda rahbarlik 
funksiyalarini amalga oshiradigan har bir mansabdor shaxs uchun pul 
summalari bo‘yicha cheklanishlarga ko‘ra imzo huquqlarining 
ierarxiyasi (ketma-ketligi) o‘rnatilishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan 
elektron 
raqamli 
imzodan 
foydalanilganida 
zarur 
ehtiyotkorlik choralari va tegishli nazorat o‘rnatilishi zarur. 
Elektron raqamli imzo
deb elektron hujjatdagi mazkur elektron 
hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan 
holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron 
raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda 
xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining 
egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzoga aytiladi.
Dastlabki kuzatish qanday ko‘rinishda amalga oshirilmasin, 
buxgalteriya hujjatlarining yuqorida ko‘rib chiqilgan turkumlanishi 
korxonada dastlabki hisob tizimini shakllantirishga jiddiy ta’sir 


195 
ko‘rsatadi. Dastlabki hisob hisob jarayonining boshlang‘ich bosqichi 
bo‘lib, unda xo‘jalik muomalalarining ma’lumotlari o‘lchanadi va 
hujjatlarda qayd qilinadi
Hisob 
ishlarining 
keyinchalik 
avtomatlashtirilishi, 
kishilik 
jamiyatiga yangi bilim obyektlarining kirib kelishi qog‘oz hujjatlar bilan 
bir qatorda odamlar tomonidan qabul qilinishi qulay bo‘lgan qog‘ozsiz 
hujjatlarni ham vujudga keltirmoqda. 
Shunday qilib, dastlabki kuzatish buxgalteriya hisobi axborot 
tizimining asosi bo‘lib xizmat qiladi. U buxgalteriya hisobini tashkil 
etishning boshlanishida mavjud bo‘lib, dastlabki hujjatning muhim 
qismi hisoblanadi. 
Turli tashkiliy huquqiy shakldagi xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning paydo bo‘lishi va tadbirkorlikning rivojlanishi dastlabki 
hisobning qo‘llanilish sohasini kengaytiradi. Ayni vaqtda xo‘jalik 
muomalalarini 
ro‘yxatga 
olish 
jarayonida 
avtomatlashtirishning 
rivojlanishi dastlabki hisobni ma’lum darajada cheklab qo‘yadi. Lekin 
bunday cheklash xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish va iqtisodiy 
axborotlarni tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu 
cheklashlar quyidagilardan iborat:


Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin