202
Guruhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha
ma’lum davr uchun yig‘ma (umumlashgan) ma’lumotlarga ega
bo‘lishdan iborat. Shu bilan birga dastlabki hisobni yuritish ham
soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga doir hujjatlar har bir
nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo‘yicha;
kassa hujjatlari
pul mablag‘larining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k.
guruhlanishi mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki
guruhlovchi vedomostlarda amalga oshiriladi.
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib
tushishiga qarab to‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli
ko‘rsatkichlar bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan,
sotilgan
mahsulotlarni xaridorlar bo‘yicha jo‘natish jamlama vedomosti.
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan
xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish
uchun tuziladi. Ular ma’lum belgilari bo‘yicha
tanlangan hujjatlardan
ma’lumotlarni o‘tkazish bilan bir vaqtda to‘ldiriladi. Masalan, butun
korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va ushlanmalar turlari bo‘yicha
guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka
*
qilish
ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat
o‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda
tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg,
dona va
h.k.) ifodalangan bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga
ko‘paytiriladi. Masalan, limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat o‘lchovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan
bo‘lsa, u holda vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish
vaqtini hisobga olish tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi
hisoblash. Hujjatlar taksirovka qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi schotlar
va xarajat moddalari bo‘yicha kontirovka qilinishi kerak. Kontirovka
qilish usullari buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llaniladigan shak-
liga bog‘liq.
Kontirovka
– bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik
muomalasining summasi debeti va krediti bo‘yicha
aks ettirilishi lozim
bo‘lgan schotlarning ko‘rsatilishi. Ushbu maqsadda ko‘pchilik dastlabki
hujjatlarda maxsus joy ajratiladi (avans hisobotida, kirim va chiqim
kassa orderlarida, kassa daftarida va b.).
*
O‘rta asr lotin tilining «Taxa» - so‘zidan
kelib chiqqan, «taxatio» - bahosini aniqlash, baholash ma’nolarini
bildiradi.
203
Agar jamlama hujjat bo‘lsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida
keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: