292
ham rentabelli yoki norentabelli (zarar ko‘rilayotgan) mahsulot turlarini
aniqlashga imkon beradi;
tayyor mahsulotlar va tovarlarning korxona omboridagi holati,
ularning barcha harakatlanish bosqichlaridagi saqlanishi, xaridorlardan
shartnomada ko‘rsatilgan oldin to‘lov (bo‘nak)larning o‘z vaqtida olinishi,
tayyor mahsulotlar va tovarlarning xaridorlarga o‘z vaqtida yuklab
jo‘natilishi va bankka barcha to‘lov hujjatlarining taqdim etilishi hamda
yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Realizatsiya
jarayonini
hisobga
olish
uchun
qo‘llaniladigan
schotlarning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010-«Mahsulot
sotishdan
olingan
daromadlar»,
9020-«Tovarlar
sotishdan
olingan
daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan
daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlar
tannarxi», 9130-«Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi» schotlari muhim o‘rin
tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni
to‘la tannarxi 9110, 9120, 9130-schotlarining debet tomonida, olingan
daromadlar 9010, 9020, 9030-schotlarning kredit tomonida aks ettiriladi.
Shuningdek, realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalarni hisobga olishda
9200-«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga
oluvchi
schotlar»
(9210-9220),
9300-«Asosiy
faoliyatning
boshqa
daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9310, 9320, 9330, 9340, 9350,
9360, 9370, 9380, 9390), 9410-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar»
(9410, 9420, 9430, 9440), 9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga
oluvchi schotlar» (9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590), 9600-
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» (9610,
9620, 9630, 9640, 9650, 9660, 9690), 9700-«Favqulodda foyda(zarar)larni
hisobga oluvchi schotlar» (9710, 9720), 9800-«Soliqlar va yig‘imlarni
to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schotlar» (9810, 9820)
va 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar» (9910)
qo‘llaniladi (1-ilova. Schotlar rejasining V qismiga qarang). Hisobot
davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib,
realizatsiya natijalari aniqlanadi.
Yuqorida bayon qilingan umumiy qoidalarni quyidagi misollar va
chizmalar bilan mustahkamlaymiz.
Dostları ilə paylaş: