11-operatsiya. Hisoblangan ish haqi summasiga nisbatan davlat
maqsadli jamg`armalariga to‘lovlar hisob-kitob qilindi.
Ushbu ajratmalar
korxonaning joriy xarajatlari hisoblanadi va shuning uchun ishlab
chiqarish xarajatlarini ko‘paytirishga olib borilishi lozim. Ikkinchi
tomondan, korxonada davlat maqsadli jamg`armalariga to‘lovlar
bo‘yicha kreditorlik qarzi vujudga keladi. Uning ko‘payishi 6520-
«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» passiv schotining kreditida
aks ettiriladi.
Debet 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti 92 400 so‘m
Shu jumladan:
a) «A» mahsulotni ishlab chiqarish uchun 42 900 so‘m
b) «B» mahsulotni ishlab chiqarish uchun 49 500 so‘m
Debet 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti 6600 so‘m
Kredit 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga
to‘lovlar» schoti
–
99 000 so‘m
12-operatsiya. Belgilangan me’yorlarga muvofiq hisobot oyi
uchun hisoblangan eskirish summalari aks ettirilgan:
a) asosiy ishlab chiqarish binolari va inshootlariga 20 000 so‘m
b) umumishlab chiqarish binolariga
10 000 so‘m
Jami 30 000 so‘m.
Ma’lumki, hisoblangan eskirish summasi ishlab chiqarilgan
mahsulotlar tannarxiga qo‘shiladi va keyinchalik sotishdan tushgan
tushum hisobidan qoplanadi. Shuning uchun hisobda bir paytning o‘zida
joriy xarajatlarning ko‘payishini va hisoblangan eskirish summasining
ko‘payishini aks ettirish zarur. Asosiy ishlab chiqarish bino va
inshootlari bo‘yicha eskirish summasi 2510-«Umumishlab chiqarish
xarajatlari» schotining debeti va 0220-«Bino, inshootlar va uzatuvchi
moslamalarning eskirishi» schotining krediti bo‘yicha yozilishi lozim.
Ushbu xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schotlarida quyidagicha
aks ettiriladi:
287
Debet 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti 30 000 so‘m.
Kredit 0220-«Bino, inshootlar va uzatuvchi moslama-
larning eskirishi» schoti
30 000 so‘m.