323
Memorial-order shaklining paydo bo‘lishi har bir xo‘jalik yurituvchi
subyektning imkoniyatlarini umumiy talablar bilan birlashtirishga yordam
beradi. Alohida faktlarni ro‘yxatga olish uchun zarur vedomostlar ochiladi.
Memorial-order bitta hujjatga asosan tuzilgani kabi,
bir turdagi
hujjatlar guruhiga asosan ham tuzilishi mumkin (12.1-jadval).
№01-MEMORIAL-ORDER
Kassa muomalalari. Yanvar 20__ y.
12.1-jadval
Asos
(hujjatlarga yoki yozuvlar mazmuni)
Korrespondensiyalanuvchi
schotlar
Summa
Debet
Kredit
2-yanvar uchun kassa hisoboti va
h.k.
5110
5010
120000
Jami
120000
Buxgalter
Ahmedov S.I.
Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jurnalida
qayd qilib boriladi (12.2-jadval).
Memorial-orderlarni ro‘yxatga olish jurnali
Yanvar 20__ y.
12.2-jadval
Memorial-orderning tartib raqami Orderning sanasi
Memorial-
orderdagi summa
1
2-yanvar
120000
2
4-yanvar
80500
va h.k.
Yanvar uchun jami
4005000
Shunday qilib, memorial-orderlar ro‘yxatga
olish daftariga yozilganda
ularga tartib raqami beriladi.
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik
muomalalari jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylash-
tiradigan memorial-orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan,
«Kassa» schotining debeti va u bilan korrespondensi-yalanadigan
schotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1 memorial-
order, «Kassa» schotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuziladi.
Bunday tajriba oy davomida analitik schotlar bo‘yicha
ularni oy oxirida
324
sintetik schotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan
memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga
ilova qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi.
Ro‘yxatga olish daftarining jami oylik summasi sintetik schotlar bo‘yicha
oborot vedomosti oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi.
Shu bilan sintetik hisob tomonidan xo‘jalik muomalalarining to‘liq qamrab
olinishini tekshirishga erishiladi.
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinga-nidan
so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi. Memorial-
order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har
bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda
memorial-orderlarning
yozuvlari
har
bir
schot
bo‘yicha
korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr
uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi.
Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat vedomosti deb ham ataladi.
Bosh daftar schotlarida faqat hisobot davri uchun joriy oborotlar hisobga
olinadi.
Bosh daftar schotlarining shakli har bir korrespondensiyalanuvchi schot
bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi
va quyidagi shaklga
ega(12.3-jadval):
Dostları ilə paylaş: