413
8. Hisob siyosatini shakllantirishning uslubiy jihati ...
A) korxonada mulklar va majburiyatlarni baholash, amortizatsiya hisoblash
va h.k. usullaridan qaysilari foydalanilishini ko‘rsatadi.
B) hisob usullarining hisob registrlarida qanday amalga oshirilishini
ko‘rsatadi.
C) buxgalteriya xizmati tuzilishi nuqtayi nazaridan hisob usullarining qanday
amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
D) dastlabki hujjatlarni qanday tuzishni aks ettiradi.
E) moliyaviy hisobotning qanday tuzilishini ifodalaydi.
9. Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq qancha muddatga ishlab chiqiladi
va tasdiqlanadi?
A) bir chorakka
B) bir yilga
C) korxonaning butun faoliyat davriga
D) besh yilga
E) ikki yilga
10. Yangi tashkil qilingan korxona tomonidan ishlab chiqilgan hisob
siyosati qachondan amal qiladi?
A) birinchi buxgalteriya hisoboti taqdim qilinganidan
B) soliq inspeksiyasida ro‘yxatga qo‘yilgan sanadan boshlab
C) yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan (davlat ro‘yxatidan o‘tgan) sanadan
D) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan yildan keyingi yilning 1-
yanvaridan
E) davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin 24 oydan so‘ng
Dostları ilə paylaş: